Muso belgilagan vaqtimizda Tur tog‘iga kelgach, Robbisi unga gapirdi. Keyin Muso: “Ey Robbim, menga Oʻzingni koʻrsat, Senga bir qarayin”, – dedi. Alloh taolo: “Meni bu dunyoda hargiz koʻra olmaysan. Lekin anavi toqqa nazar sol, agar u tog‘ jilvamdan keyin joyida tura olsa, demak, sen ham Meni koʻra olasan”, – dedi. Robbisi toqqa jilva qilgan edi uni parcha-parcha qilib yubordi. Muso esa behush boʻlib yiqildi. Hushiga kelgandan keyin esa: “Senga tasbeh aytaman, Senga tavba qildim va men Senga ishonganlarning eng birinchisiman”, – dedi.

