Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
От искомого вами масдар-узак ح ر ف образовано 6 аятов.
uni o'zgartirar edilar, surdiraydilar, ular surdiradlar, bir tomonga chiqib ketmoq, bir chekkadan (jarlikdan)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
Yahudiy boʻlgan kimsalar orasida kalimalarni oʻz oʻrnidan oʻzgartirib aytadiganlari ham bor. Ular atayin tillarini burib va dinga taʼna qilgan holda: “Qulog‘imiz bilan eshitdik va lekin qalbdan itoat qilmadik, eshit, ey soʻzlari eshitilmay qolgur va mazax qilib “roino”, – der edilar. Agarda ular bu gap oʻrniga: “Eshitdik va itoat qildik, eshiting va bizga ham nazar qiling”, – deganlarida oʻzlari uchun yaxshi hamda eng toʻg‘risi shu boʻlar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli laʼnatlagan. U yahudiylardan, faqat kam qismigina iymon keltiradi xolos.
Shundan keyin bergan ahdlarini buzganliklari tufayli ularni laʼnatladik va qalblarini qattiq qilib qoʻydik. Ular Tavrotdagi soʻzlarning joyini oʻzgartirardilar hamda oʻzlariga eslatilgan hukmlarning bir hissasini unutdilar. Ichlaridan ozgina toifadan boshqalarini doimo xiyonat qilayotgan holda ustidan chiqaverasiz. Shunday boʻlsa ham, ularni afv etib, kechirib turavering. Chunki, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchi muhsinlarni sevadi.
Ey Rasul, og‘izlarida “Iymon keltirdik”, – deydigan, lekin qalblari iymon keltirmagan munofiqlar va yahudiy boʻlgan kimsalardan kufr sari harakat qilayotganlari sizni xafa qilmasin. Ular doimo yolg‘onga quloq osuvchilardir, sizning oldingizga kelmagan boshqa bir yahudiy qavm nomidan josuslik qilib quloq tutib turuvchidirlar. Ular kalimalarni Alloh tarafidan qoʻyilganidan keyin joylarini oʻzgartiradilar. Yahudiylar: “Agar Muhammad tomonidan sizlarga mana bu oʻzgartirilgan hukm berilsa, uni olinglar. Bordi-yu unday hukm berilmasa, uni tark qilinglar”, – deydilar. Alloh kimni fitnaga mubtalo boʻlishini xohlasa, Allohning irodasiga qarshi siz u uchun hech narsa qilishga qodir emassiz. Alloh ana shunday kimsalarning qalblarini tozalashni istamagan. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oxiratda esa alamli azob bordir.
Kimki oʻsha kunda jang uchun usulni qoʻllab joyidan chetlangan yoki boshqa guruhga qoʻshilmoqchi boʻlgan holatdan tashqari ulardan orqa oʻgirib qochib ketsa, albatta, Allohdan boʻlgan g‘azab bilan qaytgan boʻladi. Uning joyi esa jahannamdir. U naqadar yomon borar joydir.
Odamlar orasida Allohga bir tomonlama ibodat qiladigan kimsalar ham bor. Bordi-yu unga biror-bir yaxshilik yetsa, u sababli koʻngli xotirjam boʻladi, agar biror balo yetsa, dindan yuz oʻgirib ketadi. U bu dunyoda ham oxiratda ziyon koʻrdi. Mana bu esa ochiq-oydin ziyondir.