وَإِذْ قِيلَ لَهُمُ اسْكُنُوا هَٰذِهِ الْقَرْيَةَ وَكُلُوا مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ وَقُولُوا حِطَّةٌ وَادْخُلُوا الْبَابَ سُجَّدًا نَغْفِرْ لَكُمْ خَطِيئَاتِكُمْ ۚ سَنَزِيدُ الْمُحْسِنِينَ
Oʻshanda ularga: “Bayt ul-Maqdisdagi bu qishloqqa joylashinglar va u yerdagi narsalardan xohlaganingizdek bemalol tanovul qilaveringlar. Darvozadan esa sajda qilgan holda kiringlar va kirib borishda “Hitta-Robbim bizni afv et”, – deb aytinglar, shunda xatolaringizni kechiramiz va yaxshilik qiluvchi muhsin kimsalarga neʼmatlarimizni ziyoda qilib beramiz”, – deb aytilgan edi.

