Ey Rasulim, ilm berilgan kimsalar sizga Robbingiz tomonidan nozil qilingan Qurʼonning haq kitob ekanini va u izzatli, hamdga loyiq Zotning yoʻliga hidoyat qilishini biladilar.
От искомого вами масдар-узак ح ق ق образовано 287 аятов.
haqdir (haqiqatdir), haqiqatni, haqqini, haq, to'g'rini, haqdir, haqiqat, haqiqat bilan, to'g'ri bir, bir haqiqat ekanini
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Rasulim, ilm berilgan kimsalar sizga Robbingiz tomonidan nozil qilingan Qurʼonning haq kitob ekanini va u izzatli, hamdga loyiq Zotning yoʻliga hidoyat qilishini biladilar.
Alloh huzurida faqat Oʻzi izn bergan kishilarning shafoatigina foyda beradi. Qachonki, ularga izn berilib, qalblaridan qoʻrquv ketkazilgach, bir-birlariga: “Robbingiz izn uchun nima dedi?” – deydilar. Ularga: “Haqni aytdi va shafoatga izn berdi. U barchadan oliy va ulug‘ Zotdir”, – deb javob aytadilar.
Ey Rasulim, ularga: “Robbimiz qiyomat kuni oʻrtamizni bir orada jamlaydi soʻngra oramizda haq bilan hukm qiladi. Faqat U adolat bilan hukm qiluvchi – Fattoh va barcha narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Qachonki, ularga oyatlarimiz ravshan holda tilovat qilinsa, ular: “Bu Muhammad faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib oʻtgan narsalardan toʻsishni xohlaydigan kimsadir”, – deydilar. Buning ustiga yana: “Bu Qurʼon faqat toʻqilgan bir uydirmadir”, – deydilar. Kufr keltirgan kimsalar oʻzlariga haq boʻlgan Qurʼon kelgan paytda: “Bu kitob aniq bir sehrdan iboratdir”, – deydilar.
Yana ularga: “Albatta, Robbim haqni oʻrtaga tashlaydi. U Zot g‘ayblarni yaxshi biluvchidir” –, deb ayting.
Ey Muhammad, ularga: “Haq boʻlgan Qurʼon keldi. Botil esa yangi bir narsani boshlay olmaydi va eski bir narsani qaytara olmaydi”, – deb ayting.
Ey insonlar, albatta, Allohning qiyomat haqidagi vaʼdasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti aslo aldab qoʻymasin! Yana aslo sizlarni aldoqchi shayton Alloh “gunohlarni kechiradi”, degan gap bilan aldab qoʻymasin!
Albatta, Biz sizni haq din bilan, xushxabar beruvchi va jahannam azobidan ogohlantiruvchi payg‘ambar qilib yubordik. Har bir ummat ichida ham, albatta, bir ogohlantiruvchi payg‘ambar boʻlib oʻtgan.
Ey Muhammad, Biz sizga vahiy qilgan kitob oʻzidan avvalgi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi boʻlgan haq kitobdir. Albatta, Alloh Oʻz bandalarining barcha ishlaridan xabardor va hammasini koʻrib turuvchi Zotdir.
Ularning koʻplariga azob haqidagi soʻz muqarrar boʻlgan. Bas, ular iymon keltirmaydilar.
U tirik kishilarni ogohlantirish va kofirlarga azob soʻzi muqarrar boʻlishi uchun nozil qilingan kitobdir.
Bas, endi bizlarga Robbimizning azob haqidagi soʻzi muqarrar boʻldi. Endi, bizlar bu azobni totuvchilarmiz.
Yoʻq, Muhammad haq dinni olib keldi va oldingi barcha payg‘ambarlarni tasdiq qildi.
Barchalari payg‘ambarlarni inkor qildilar, bas, ularga jazoyim muqarrar boʻldi.
Daʼvogarlar Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qoʻrqib ketdi. Ular: “Qoʻrqmagin, bizlar bir-birimizga zulm qilgan ikki daʼvogarlarmiz. Bas, bizning oʻrtamizda haqqoniy hukm qil va birortamizga jabr qilma hamda bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin”, – dedilar.
Ey Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq bilan hukm yurit. Hamda havoyi nafsga ergashib ketma. Aks holda, u seni Allohning yoʻlidan adashtiradi. Albatta, Allohning yoʻlidan adashadigan kimsalar uchun hisob kunini unutib qoʻyganlari tufayli qattiq azob bordir.
Albatta, doʻzax ahlining ana shunday tortishishlari aniq haqiqatdir.
Alloh: “Zotan haqiqat shudir va Men, faqat haqni aytaman”, – dedi.
Alloh: “Zotan haqiqat shudir va Men, faqat haqni aytaman”, – dedi.
Ey Muhammad, albatta, Biz sizga ushbu kitobni haqiqatan, nozil qildik, bas, siz Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qiling.