وَلَا تُجَادِلُوا أَهْلَ الْكِتَابِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِلَّا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوا آمَنَّا بِالَّذِي أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَأُنْزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَٰهُنَا وَإِلَٰهُكُمْ وَاحِدٌ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ
Ey moʻminlar, ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat eng chiroyli tarzda munozara qilinglar. Shuningdek, ularga: “Biz oʻzimizga nozil qilingan Qurʼonga ham, sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injil kitobiga ham iymon keltirganmiz. Bizning ilohimiz ham sizlarning ilohingiz ham bir Ilohdir va bizlar, faqat Unga boʻysunuvchilarmiz.

