Oʻshanda Ibrohim otasi va qavmiga qarata: “Nimaga ibodat qilyapsizlar?” – dedi.
От искомого вами масдар-узак أ ب و образовано 117 аятов.
otalarning, otalarimizni, ularning otalari, otalaringizni, ota-onasidan, ota-onasi, otalaringiz, otalaringizning, otalarimizni, otalari
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oʻshanda Ibrohim otasi va qavmiga qarata: “Nimaga ibodat qilyapsizlar?” – dedi.
Ular: “Yoʻq, biz ota-bobolarimizni ana shunday qilganlarini koʻrganmiz”, – dedilar.
Sizlar ham oldin oʻtgan ota-bobolaringiz ham oʻylab koʻrganmi?
Otamni mag‘firat qilgin, albatta, u adashganlardan edi.
Kufr keltirgan kimsalar: “Biz va ota-bobolarimiz tuproqqa aylanib ketganimizda yana qabrlarimizdan qayta tirilib chiqariluvchimizmi?!” – deydilar.
Darhaqiqat, bizlarga ham, ota-bobolarimizga ham oldin mana shu narsa vaʼda qilingan edi. Bu faqat avvalgilarning afsonalari, , xolos!
Qachonki, Madyan qudug‘idagi suv oldiga kelganda u joyda bir gala odamlar hayvonlarini sug‘orayotganini koʻrdi. Ulardan nariroqda ikki ayol qoʻylarini sug‘orishdan tortinib turganini koʻrdi. Muso ularga: “Sizlarga nima boʻldi, nega qoʻylarni sug‘ormayapsiz?” – dedi. Ular: “Biz, to podachilar mollarini sug‘orib qaytarmaguncha, sug‘ora olmaymiz. Otamiz esa qari bir chol”, – dedilar.
Keyin, qizlardan biri hayo bilan yurib kelib: “Otam bizlarga qoʻylarimizni sug‘orib berganing haqini berish uchun seni chaqirmoqda”, – dedi. Soʻngra, Muso Shuʼayb payg‘ambarning huzuriga kelib, unga oʻz qissasini, soʻzlab berdi. Shuʼayb Musoga “Endi, qoʻrqma, sen zolimlar qavmidan qutulding”, – dedi.
Qizlardan biri: “Ey otajon, uni ishga yollagin. Chunki ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kishidir”, – dedi.
Bas, qachonki, Muso ularga aniq moʻʼjizalarimiz bilan kelgach, ular: “Bu toʻqima sehrdan boshqa narsa emas. Bu narsani avvalgi ota-bobolarimiz zamonida roʻy berganini eshitgan emasmiz”, – dedilar.
Agarda ularga: “Alloh nozil qilgan narsaga ergashinglar”, – deyilsa, ular: “Yoʻq, bizlar ota-bobolarimizni nimani ustida ibodat qilganlarini topgan boʻlsak, ana oʻshanga ergashamiz», – deydilar. Bordi-yu shayton ularni lovullagan olov azobiga chaqirib turgan boʻlsa hammi?!
Boqib olgan bolalaringizni oʻz otalari ismi bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. Bas, agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda ular sizlarning diniy birodarlaringiz va doʻstlaringizdir. Qilgan xatolaringiz tufayli sizlarga gunoh yoʻqdir, lekin koʻngillaringiz bilan qasd qilingan narsalar xususida gunohkor boʻlasizlar. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Boqib olgan bolalaringizni oʻz otalari ismi bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. Bas, agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda ular sizlarning diniy birodarlaringiz va doʻstlaringizdir. Qilgan xatolaringiz tufayli sizlarga gunoh yoʻqdir, lekin koʻngillaringiz bilan qasd qilingan narsalar xususida gunohkor boʻlasizlar. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg‘ambarlarning oxirgisidir. Alloh barcha narsani biluvchi Zotdir.
Payg‘ambarning ayollari otalariga, oʻg‘illariga, aka-ukalariga, aka-ukalarining oʻg‘illariga, opa-singillarining oʻg‘illariga, moʻmina ayollarga va qoʻl ostilaridagi choʻrilarga ochiq holda koʻrinishlarida ularga gunoh yoʻqdir. Ey payg‘ambarning ayollari, Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh barcha narsaga guvohdir.
Qachonki, ularga oyatlarimiz ravshan holda tilovat qilinsa, ular: “Bu Muhammad faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib oʻtgan narsalardan toʻsishni xohlaydigan kimsadir”, – deydilar. Buning ustiga yana: “Bu Qurʼon faqat toʻqilgan bir uydirmadir”, – deydilar. Kufr keltirgan kimsalar oʻzlariga haq boʻlgan Qurʼon kelgan paytda: “Bu kitob aniq bir sehrdan iboratdir”, – deydilar.
Ota-bobolari ogohlantirilmagan, oʻzlari ham g‘ofil boʻlgan qavmlarni ogohlantirishing uchun nozil qilingandir.
Avvalgi oʻtib ketgan ota-bobolarimiz ham tiriladilarmi?!
Albatta, ular oʻzlarining ota-bobolarini haq yoʻldan adashgan holda topdilar.
Oʻshanda u otasi va qavmiga: “Nimalarga ibodat qilyapsizlar?!” – dedi.