Ular: “Robbimiz bizlarni solih qavmlar qatoriga qoʻshishini orzu qilamiz-u, nima uchun endi bizlar Haqdan kelganga iymon keltirmasligimiz kerak?!” – deydilar.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular: “Robbimiz bizlarni solih qavmlar qatoriga qoʻshishini orzu qilamiz-u, nima uchun endi bizlar Haqdan kelganga iymon keltirmasligimiz kerak?!” – deydilar.
Ey iymon keltirganlar, Alloh sizlar uchun halol qilib qoʻygan pokiza narsalarni oʻzingizga harom qilmanglar va haddan oshmanglar. Shubhasiz, Alloh haddan oshuvchilarni sevmaydi.
Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning halol va poklarini yeb-ichinglar. Oʻzingiz Unga iymon keltirgan Allohdan qoʻrqinglar.
Ey iymon keltirganlar, aroq va sharob kabi mast qiluvchi ichimliklar, qimor oʻynash, but-sanamlar, fol ochadigan choʻplar shaytonning amalidan boʻlgan iflos ishdir. Bas, undan uzoqlashing shoyad, shunday qilib najot topsangiz.
Allohdan qoʻrqqan, iymon keltirgan, ezgu amallarni qilgan, man qilinganidan keyin taqvo qilib haromligiga ishongan, keyin barcha haromlardan saqlanib, yaxshilik qilgan moʻmin va solih ishlarni amalga oshirgan kimsalarga taqiqlanmasdan oldingi yeb ichganlarida gunoh yoʻqdir. Alloh yaxshilik qiluvchi muhsin bandalarni sevadi.

Ey iymon keltirganlar, Alloh g‘oyibona, koʻrmagan holda Oʻzidan qoʻrqadigan kishilarni bilish uchun ehromda ekanligingizda qoʻllaringiz va nayzalaringiz uni osonlikcha tutib oladigan baʼzi bir ov oʻljalari bilan sizlarni, albatta, sinab koʻradi. Kimki shu hukmdan keyin haddidan oshib ov qilsa, unga alamli azob bordir.
Ey iymon keltirganlar, ehromda boʻlgan holingizda ovni oʻldirmanglar. Sizlardan kimda-kim uni qasddan oʻldirsa uning gardaniga oʻldirgan ovining qiymati barobaricha xonaki hayvonlardan jazo boʻladi. U ham boʻlsa, Kaʼbaga yuborilib, yetib boradigan qurbonlik hadyasidir, uni tayinlashda orangizdan ikki adolatli zot hakamlik qiladi. Yoki boʻlmasa uning miqdoricha miskinlarga taom ulashish yo, shu barobarida roʻza tutish kafforoti bordir. Bu hukmlarning bari qilmishining mashaqqatini totib koʻrish uchundir. Alloh oʻtmishda boʻlib oʻtganlarni kechirdi. Shundan keyin ham kim bu ishni takrorlasa u holda Alloh undan intiqom oladi. Alloh izzati buyuk – Aziz va zolimlar uchun intiqom Sohibidir.
Ey iymon keltirganlar, javobi bayon qilinganda sizlarni yomon ahvolga soladigan narsalar haqida savol soʻramanglar. Agarda Qurʼon oyatlari nozil qilinayotgan paytda ular haqida soʻrasangizlar, sizlarga u haqda ochib beriladi keyin uni qilish majburiyati yuklatiladi. Alloh undan oldin qilgan xatolaringizni kechirdi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, sizlar oʻzingizga diqqat qilinglar. Modomiki, hidoyat yoʻlini topgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar keltira olmaydilar. Barchangizning qaytar joyingiz Allohning huzurigadir. Oʻshanda Alloh sizlarga qilgan amallaringiz xabarini beradi.
Ey iymon keltirganlar, agar sizlardan biringizga oʻlim holati yaqinlashib qolsa, vasiyat chog‘ida orangizdan ikki nafar adolatli kishini guvoh qilinglar. Agarda boshqa yerlarda safarda boʻlib oʻlim musibati sizlarga yetib qolsa, unda, oʻzingizdan boʻlmagan boshqa ikki nafar kimsani guvoh qilinglar. U ikki guvohni namozdan keyin ushlab turasizlar. Agarda ular haqida gumon qilsangizlar, unda ular: “Qarindosh boʻlsa ham, u qasamni arzimas bahoga sotmaymiz. Allohning guvohligini yashirmaymiz. Agar bunday qilsak, bizlar, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz”, – deb Alloh nomiga qasam ichsinlar.
Oʻshanda havoriylarga: “Menga va elchim Isoga iymon keltiringlar”, – deb vahiy qilgan edim. Havoriylar esa: “Iymon keltirdik va bizlarni, albatta, Allohga taslim boʻlganlardan ekanimizga shohid boʻl”, – degan edilar.

Havoriylar: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, Robbing bizga samodan bir dasturxon tushira olishga qodirmi?” – deb soʻraganlar. Iso ularga qarata: “Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangizlar, Allohdan qoʻrqinglar”, – deb javob bergan.
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsa kimning mulkidir?” – deb ayting. Keyin esa: “Barchasi Allohnikidir”, – deng. Alloh Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. U sizlarni shak-shubhasiz boʻladigan qiyomat kunida toʻplaydi. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Biz kitob bergan yahudiy va nasroniylar u Muhammadning payg‘ambar ekanligini xuddi oʻz oʻg‘illarini tanigandek bilardilar. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Ularning orasidan siz Qurʼon oʻqiyotganingizda uni goʻyoki tinglaydigan kimsalar ham bor. Holbuki, biz uni anglamasliklari uchun qalblariga toʻsiqlar va quloqlariga og‘irlik qilib qoʻyganmiz. Agar ular har qanday moʻʼjiza koʻrsalar ham, iymon keltirmaydilar. Hatto siz bilan tortishgani oldingizga kelgan vaqtda kufr keltirgan kimsalar: “Bular avvalgilardan qolgan afsonalardir, xolos”, – deydilar.
Ular doʻzax tepasida toʻxtatib turilib: “Eh, koshki, dunyoga qaytarilsak-da Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmasak va moʻminlardan boʻlsak edi”, – deb aytishlarini koʻrganingizda edi!
Biz payg‘ambarlarni faqat jannat bilan xushxabar beruvchi va doʻzaxdan ogohlantiruvchi qilib yuboramiz. Agarda kim iymon keltirib, oʻzini oʻnglasa oxirat kunida ularga hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.