Yana ular: “U Alloh shaʼniga yolg‘on uydirdimi yoki unda jinnilik bormi?” – dedilar. Yoʻq, unday emas, oxiratga ishonmaydigan kimsalarning oʻzlari azobda va hidoyatdan uzoq zalolatdadirlar.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Yana ular: “U Alloh shaʼniga yolg‘on uydirdimi yoki unda jinnilik bormi?” – dedilar. Yoʻq, unday emas, oxiratga ishonmaydigan kimsalarning oʻzlari azobda va hidoyatdan uzoq zalolatdadirlar.
Ular bilan Biz muborak qilgan shaharlarning orasida koʻrinib turadigan, bir-biriga yaqin qishloqlarni barpo qilib, ular orasida yurish masofasini qulay qilib oʻlchab qoʻydik va: “Bu qishloqlarda kechalari ham, kunduzlari ham omonlikda yuraveringlar!” – degan edik.
Darhaqiqat, iblis ularning ustidagi “Men ularni yoʻldan ozdiraman”, – degan gumonini tasdiqladi. Bas, Sabaʼ qabilasi iblisga ergashdilar. Faqat bir guruh moʻminlargina unga boʻysunmadilar.
Holbuki, iblisning ular ustidan hech qanday bir hukmronligi yoʻq edi. Faqat oxiratga iymon keltiradigan kishilarni undan shubhada boʻlgan kimsalardan ajratib, bilib olishimiz uchun shunday qildik. Robbingiz barcha narsani kuzatib turuvchidir.
Kufr keltirgan kimsalar: “Biz bu Qurʼonga ham, undan oldingi kitoblarga ham aslo iymon keltirmaymiz”, – dedilar. Ey Rasulim, agar siz oʻsha zolim kimsalarni qiyomat kuni Robbilari huzurida tik turg‘izib qoʻyilib, bir-birlariga gap qaytarayotganlarini koʻrsangiz edi?! Oʻshanda zaif hisoblangan kimsalar mutakabbir kimsalarga: “Agar sizlar boʻlmaganingizda, bizlar, albatta, moʻminlardan boʻlar edik”, – deydilar.

Na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qila olmaydi. Lekin kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular jannatdagi koʻshklarda omonlikda boʻladilar.

Farishtalar: “Ey pok Robbimiz, ular emas, Sen bizning doʻstimizsan. Yoʻq, ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ularning aksariyati ularga ishonuvchilar edi”, – deydilar.
Qiyomat kuni ular: “Endi, iymon keltirdik”, – deydilar. Uzoq bir makon boʻlgan oxirat diyoridan ularga iymonga qoʻl uzatish qayoqda ekan?!
Kufr keltirgan kimsalar uchun jahannamda qattiq azob bordir. Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlar uchun esa mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Ularning koʻplariga azob haqidagi soʻz muqarrar boʻlgan. Bas, ular iymon keltirmaydilar.
Ey Muhammad, ularni oxirat azobidan ogohlantirsangiz ham yoki ogohlantirmasangiz ham ularga baribir, iymon keltirmaydilar.
Haqiqatan, men Robbingizga iymon keltirganman, bas, meni tinglanglar.
Agar ularga: “Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan muhtojlarga ehson qilinglar”, – deyilsa, kufr keltirgan kimsalar iymon keltirganlarga istehzo bilan: “Agar Alloh xohlasa, uni Oʻzi yediradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Sizlar, aniq zalolatdasizlar”, – deydilar.
Rahnamolari ularga: “Yoʻq, oʻzlaringiz moʻmin boʻlmagan edingizlar”, – deydilar.
Albatta, u Bizning moʻmin bandalarimizdandir!
Darhaqiqat, u Bizning moʻmin bandalarimizdandir.
Darhaqiqat, u ikkisi ham moʻmin bandalarimizdandir.
Shubhasiz, u moʻmin bandalarimizdandir.