Agar oʻsha payt safarda boʻlib, yozuvchi odam topa olmasangiz, unda qoʻl bilan ushlanadigan bir garov berilsin. Bordi-yu bir-biringizga ishonib omonat qoʻysangiz, unda omonati qoʻyilgan odam uni vaqtida ado etsin. Robbisi boʻlgan – Allohdan qoʻrqsin va shohidlikni aslo berkitmasin. Kimda-kim uni yashirsa demak, shubhasiz, uning qalbi gunohkordir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizni bilib turuvchidir.

