Alloh tomonidan qaytarilishi mumkin boʻlmaydigan qiyomat kuni kelmasdan oldin yuzingizni toʻg‘ri din boʻlgan Islomga tuting. Oʻsha kunda moʻminlar bilan kofirlar boʻlinib ketadilar.
От искомого вами масдар-узак د ي ن образовано 101 аятов.
Din, bu dinni, din, diningiz-, dini-, Dinda, bir-biringizga berganingiz, qarz, dinlarida, sizning diningizga
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh tomonidan qaytarilishi mumkin boʻlmaydigan qiyomat kuni kelmasdan oldin yuzingizni toʻg‘ri din boʻlgan Islomga tuting. Oʻsha kunda moʻminlar bilan kofirlar boʻlinib ketadilar.
Qachonki, odamlarni dengizda ketayotganlarida tog‘lardek toʻlqinlar oʻrab olsa, Allohning diniga ixlos etgan hollarida duo qila boshlaydilar. Bas, qachonki, Alloh ularga najot berib, eson-omon quruqlikka chiqarsa, u holda ulardan ayrimlarigina toʻg‘ri yoʻl tutuvchidir. Bizning oyatlarimizni faqat barcha xoin va noshukr kimsalargina inkor qiladilar.
Boqib olgan bolalaringizni oʻz otalari ismi bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. Bas, agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda ular sizlarning diniy birodarlaringiz va doʻstlaringizdir. Qilgan xatolaringiz tufayli sizlarga gunoh yoʻqdir, lekin koʻngillaringiz bilan qasd qilingan narsalar xususida gunohkor boʻlasizlar. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Shunda ular: “Holimizga voy! Bu axir jazo kuni-ku!” – deb qoladilar.
Oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan, ham qayta tirilib jazolanuvchimizmi?, – deb aytardi.
Albatta, to qiyomatdagi jazo kunigacha senga Mening laʼnatim boʻladi.
Ey Muhammad, albatta, Biz sizga ushbu kitobni haqiqatan, nozil qildik, bas, siz Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qiling.
Ogoh boʻlingiz, ey insonlar, xolis din yolg‘iz Allohnikidir. Undan oʻzgani doʻstlar qilib olgan kimsalar: “Biz faqat ularga bizni Allohga juda yaqin qilishlari uchungina ibodat qilamiz”, – deydilar. Shubhasiz, Alloh qiyomat kunida ixtilof qilayotgan narsalari xususida ularning oʻrtasida haq bilan hukm qiladi. Albatta, Alloh yolg‘onchi va noshukr kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Yana ularga: “Men Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman”, – deb ayting.
Ey Muhammad odamlarga: “Men faqat Allohga, dinimni Unga xolis qilgan holda ibodat qilaman”, – deng.
Bas, ey moʻminlar, garchi kofirlar yoqtirmasalar ham Allohga dinni xolis qilgan holingizda duo qiling.
Firʼavn: “Menga qoʻyib beringlar, Musoni oʻldiraman. Qani, u Robbisiga duo qilsin-chi, uni qutqarar ekanmi?! Men Muso diningizni oʻzgartirib yuborishidan yoki yer yuzida buzg‘unchilik chiqarishidan qoʻrqyapman”, dedi.
U hamisha tirikdir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, ey moʻminlar, sizlar dinni Unga xolis qilgan holingizda duo qilinglar. Barcha olamlarning Robbisi Allohga hamd boʻlsin.
Ey iymon keltirganlar, Alloh sizlar uchun din qilib Nuhga buyurgan narsani va Biz siz Muhammadga vahiy qilgan narsani, shuningdek, Biz Ibrohim, Muso va Iso payg‘ambarlarga buyurgan narsani shariat qildi va: “Dinni barpo qilinglar va unda firqalarga ajralmanglar”, – dedi. Ey Muhammad, mushriklarga siz unga daʼvat qilayotgan narsa og‘irlik qildi. Alloh dinga Oʻzi xohlagan kishilarni tanlab oladi va Oʻziga tavba qiluvchi kishilarni hidoyat qiladi.

Balki ularning dindan Alloh ruxsat bermagan narsalarni ularga shariat qilib bergan sheriklari bordir?! Agar qiyomat kunida yaxshi va yomon amallar ajralishi xususidagi soʻz boʻlmaganida, albatta ularning oʻrtalarida shu dunyodayoq hukm qilingan boʻlar edi. Zolimlar uchun shubhasiz, alamli azob bordir.
U Oʻz Payg‘ambari Muhammadni hidoyat va haq din boʻlgan Islom bilan, uni barcha dinlarga g‘olib qilishi uchun yuborgan Zotdir. Allohning Oʻzi ushbu vaʼdaning roʻyobga chiqishiga yetarli guvohdir.
U Oʻz Payg‘ambari Muhammadni hidoyat va haq din boʻlgan Islom bilan, uni barcha dinlarga g‘olib qilishi uchun yuborgan Zotdir. Allohning Oʻzi ushbu vaʼdaning roʻyobga chiqishiga yetarli guvohdir.
Ey Muhammad, aʼrobiylarga: “Sizlar Allohga diningizni bildirmoqchimisizlar?! Vaholanki, Alloh osmonlardagi va Yerdagi barcha narsani biladi. Alloh barcha narsani biluvchidir”, – deb ayting.
Albatta, hisob-kitob qilingandan keyin jazo va mukofot ham voqe boʻluvchidir.