Oʻzlarini goʻyoki oqlab pok qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Unday emas, balki Alloh Oʻzi xohlagan bandasini gunohlardan tozalab poklaydi. Hech kimga qilchalik ham zulm qilinmaydi.
От искомого вами масдар-узак ر أ ي образовано 328 аятов.
ko'rgunlaricha, va sizga ko'rsatadi, va bizga ko'rsat, ko'ryapmiz, ko'rganlarida, ko'rganlari, ko'rdilar, ularga ko'rsatadi, ko'rmadingmi?, menga ko'rsat
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oʻzlarini goʻyoki oqlab pok qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Unday emas, balki Alloh Oʻzi xohlagan bandasini gunohlardan tozalab poklaydi. Hech kimga qilchalik ham zulm qilinmaydi.
Ey Muhammad, Tavrot kitobidan nasiba berilgan kimsalarning but va shaytonlarga sig‘inib, kofirlarga qarata: “Bularga sig‘inish iymonlilardan koʻra toʻg‘riroq yoʻldir”, – deb aytayotganlarini koʻrmaysizmi?!
Ey Muhammad, oʻzlarini sizga nozil qilingan Qurʼonga hamda sizdan avvalgi tushirilgan kitoblarga iymon keltirgan deb iddao qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Ular shaytoniy fitnalar bilan muhokama qilishni istaydilar. Vaholanki, ular unga itoat qilmaslikka buyurilgan edilar. Shayton esa ularni tamoman uzoq zalolatga yetaklashni istaydi.
Ey Rasulim, qachonki ularga: “Alloh nozil qilgan kitob hukmiga va payg‘ambar chaqirig‘iga kelinglar”, – deyilsa, munofiqlarning sizdan butunlay yuz oʻgirib ketishlarini koʻrasiz.
Ey Rasulim, ularga: “Hozircha urush qilishdan tiyilib, namozlarni ado etinglar va zakot beringlar”, – deb ayitilgan kimsalarning holatini koʻrmadingizmi? Vaqti kelib ularga jang farz qilingach, birdaniga ular orasidagi bir qism jamoa odamlardan xuddi Allohdan qoʻrqqandek hatto yanada qattiq qoʻrquv bilan choʻchiy boshladilar. Hamda ular: “Ey Robbimiz, nega bizlarga jangni farz qilding? Uni bizlarga yaqin bir muddatga ortga surib tursang boʻlmasmidi?” – dedilar. Ey Rasulim, ularga: “Oʻtkinchi dunyoning lazzati ozginadir. Allohdan qoʻrqqanlar uchun esa oxirat hayoti afzaldir. Sizlarga qilchalik ham zulm qilinmaydi”, – deb ayting.
Ey Rasulim, shubhasiz, sizga bu kitobni odamlar orasida Alloh sizga koʻrsatganiga muvofiq adolat bilan hukm qilishingiz uchun haq qilib nozil qildik. Siz xoin kimsalarning tarafini oluvchi boʻlmang.
Haqiqatan, munofiqlar Allohni aldamoqchi boʻladilar. Alloh esa ularning aldovlariga qarshi jazo bilan javob beradi. Qachonki namoz oʻqishga tursalar, dangasalik bilan riyo qilgan holda odamlar koʻrsin deb turadilar va Allohni juda kam zikr qiladilar.
Ey Rasulim, sizdan ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar samodan bir kitob tushirib berishingizni talab qilmoqdalar. Darhaqiqat, Muso payg‘ambardan ham bundan kattarog‘ini soʻrab: “Bizlarga Allohni ochiq-oydin koʻrsat”, – deb aytishgan edi. Shunda bu zolimliklari tufayli ularni chaqmoq urgan edi. Soʻngra ularga aniq hujjatlar kelganidan keyin ham bir buzoqni iloh qilib olishdi. Bularga qaramay, ularni yana kechirdik va Musoga ochiq dalillar berdik.
Shundan keyin nima qilishni bilmay turganda, Alloh unga birodarining murdasini qanday koʻmishni koʻrsatish uchun yerni titayotgan bir qarg‘ani yubordi. Bu holni koʻrib: “Holimga voy boʻlsin, shu qarg‘achalik boʻlishdan ham ojiz qolib, birodarimning murdasini koʻma olmadim-a?!” – deb, qilgan ishiga nadomat qiluvchilardan boʻldi.
Ey Rasulim, qalblarida munofiqlik kasali bor kimsalarning ular tomonga oshiqayotganlarini koʻrasiz. Munofiqlar: “Davr kelib bizlarga ulardan bir balo yetib qolishidan qoʻrqamiz”, – deydilar. Shoyad, Alloh musulmonlarga g‘alaba yoki Oʻz huzuridan xayrli bir ish berib qolsa, ana oʻshanda ichlarida saqlab yurganlari uchun pushaymon qiluvchi boʻlib qoladilar.
Ulardan koʻpchiligini gunoh ishlarda, dushmanlik qilishda va harom yeyishga oshiqayotganlarni koʻrasiz. Qilayotgan bu ishlari naqadar yomon ishdir.
Ulardan aksariyatini kufr keltirgan kimsalar bilan doʻst boʻlganlarini koʻrasiz. Nafslari oʻzlari uchun taqdim qilgan narsa naqadar yomondir. Alloh ularga g‘azab qilgan va ular jahannam azobida mangu qoluvchidirlar.
Ular Elchimiz Muhammadga nozil qilingan Qurʼonni eshitgan paytlarida, uning haq ekanini bilganlari uchun koʻzlaridan yosh toʻlib oqayotganini koʻrasiz. Hamda ular: “Ey Robbimiz, iymon keltirdik va bizlarni haqiqatga guvohlik beruvchilardan qilib yozgin”, – deydilar.
Ulardan avval qancha-qancha nasllarni halok qilganimizni koʻrmaydilarmi? Yer yuzida ularga hali sizlarga bermagan imkoniyatlarni bergan edik. Ularning ustidan shovillab yoqqan yomg‘irlarni yog‘dirib va taglaridan esa anhorlarni oqizib qoʻydik. Soʻngra ularni qilgan gunohlari tufayli halok qildik, keyin ularning oʻrniga boshqa nasllar yaratdik.
Ularning orasidan siz Qurʼon oʻqiyotganingizda uni goʻyoki tinglaydigan kimsalar ham bor. Holbuki, biz uni anglamasliklari uchun qalblariga toʻsiqlar va quloqlariga og‘irlik qilib qoʻyganmiz. Agar ular har qanday moʻʼjiza koʻrsalar ham, iymon keltirmaydilar. Hatto siz bilan tortishgani oldingizga kelgan vaqtda kufr keltirgan kimsalar: “Bular avvalgilardan qolgan afsonalardir, xolos”, – deydilar.
Ular doʻzax tepasida toʻxtatib turilib: “Eh, koshki, dunyoga qaytarilsak-da Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmasak va moʻminlardan boʻlsak edi”, – deb aytishlarini koʻrganingizda edi!
Ey Rasulim, Vaqtiki, Robbilari huzurida toʻxtatib turilganda Alloh ularga: “Mana bu qayta tirilish haq emas ekanmi?!” – deganini koʻrsang edi. Ular: “Robbimizga qasamki, ha, haq ekan”, – deydilar. Shunda Alloh: “Unday boʻlsa, kufr keltirganingiz sababli shu azobni totinglar”, – deydi.
Ey Rasulim, ularga: “Agarda gapingizda rostgoʻylardan boʻlsangiz, xabar beringlar-chi, bordi-yu sizlarga Allohning azobi kelib qolsa yoki qiyomat vaqti kelib qolsa, Allohdan oʻzgaga iltijo qilgan boʻlarmidinglar?!” – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “Qani, aytinglar-chi, agar Alloh quloqlaringizni eshitmaydigan, koʻzlaringizni koʻrmaydigan qilib olib qoʻysa hamda qalblaringizga tamg‘a urib qoʻysa, Allohdan boshqa uni sizga qaytarib beradigan iloh kim ekan?” – deb ayting. Qarang, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz, ular shundan keyin ham haqdan yuz oʻgirmoqdalar.
Ey Rasulim, yana ularga: “Qani, menga xabar beringlar-chi, Allohning azobi birdan yoki ochiqchasiga kelib qolsa, zolim qavmlardan boshqasi halok qilinarmidi?!” – deb ayting.