Ey Rasulim, agar oʻzingiz muhtoj boʻlgan holda Robbingizdan yordam yoki marhamat umid qilayotganingiz uchun ulardan vaqtinchalik yuz oʻgirib turgan boʻlsangiz, u holda ularga yumshoq soʻz ayting.
От искомого вами масдар-узак ر ب ب образовано 980 аятов.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Rasulim, agar oʻzingiz muhtoj boʻlgan holda Robbingizdan yordam yoki marhamat umid qilayotganingiz uchun ulardan vaqtinchalik yuz oʻgirib turgan boʻlsangiz, u holda ularga yumshoq soʻz ayting.
Albatta, Robbingiz Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib qoʻyadi va xohlaganini tor qilib qoʻyadi. Albatta, U bandalarining barcha ishlaridan xabardor boʻlgan – Xobir va qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Bularning barchasining yomonlari Robbingiz nazdida yoqtirilmagan ishlardir.
Ey Rasulim, bu oyatlar Robbingizning sizga vahiy qilgan hikmatlaridan bir qismidir. Allohga boshqa bir soxta ilohni sherik qilmang. Aks holda, malomatlangan va Allohning rahmatidan mahrum boʻlgan holda jahannamga tashlanasiz.
Ey mushriklar, nima Robbingiz oʻg‘illarni sizlarga xos qilib berib, farishtalarni esa Oʻziga qiz qilib oldimi? Albatta, sizlar og‘ir gapni aytmoqdasiz.
Shuningdek, Qurʼonni anglay olmasinlar, – deb ularning qalblariga toʻsiqlar va eshitmasliklari uchun quloqlariga og‘irlik qilib qoʻyamiz. Siz qachon Qurʼonda yolg‘iz Robbingizni zikr qilsangiz, mushriklar orqalariga burilib, qochib ketadilar.
Ey insonlar, Robbingiz sizlarni juda yaxshi biluvchidir. Xohlasa, sizlarga rahm qiladi, xohlasa, sizlarga azob beradi. Ey Muhammad, Biz sizni ularning ustiga qoʻriqchi qilib yuborgan emasmiz.
Robbingiz osmonlar va Yerdagi bor jonzotni yaxshi biluvchidir. Haqiqatan, Biz baʼzi payg‘ambarlarni baʼzilaridan afzal qildik va Dovudga Zabur kitobini berdik.
Aslida, ular xudo deb iltijo qilayotgan kimsalarning oʻzlari ham qay birlari Robbilarining rizosiga yaqinroq ekan, – deb yoʻl izlaydilar. Uning rahmatidan umid qiladilar, azobidan esa qoʻrqadilar. Darhaqiqat, Robbingizning azobi qoʻrqinchlidir.
Aslida, ular xudo deb iltijo qilayotgan kimsalarning oʻzlari ham qay birlari Robbilarining rizosiga yaqinroq ekan, – deb yoʻl izlaydilar. Uning rahmatidan umid qiladilar, azobidan esa qoʻrqadilar. Darhaqiqat, Robbingizning azobi qoʻrqinchlidir.
Ey Muhammad, sizga: “Robbingiz barcha odamlarni qamrab olgan”, – deb aytganimizni eslang. Biz sizga koʻrsatgan tushni va Qurʼonda laʼnatlangan zaqqum nomli daraxtni odamlar uchun faqat sinov qildik. Biz mushriklarni shu kabi xabarlar bilan qoʻrqitamiz, lekin bu ularning tug‘yonlarini yanada koʻp orttiradi.
Mening solih bandalarim ustidan esa sen uchun hech qanday hukmronlik yoʻqdir. Robbing Oʻzi vakillikka kifoyadir.
Ey insonlar, Robbingiz Oʻz fazlidan rizq izlashlaringiz uchun sizlarga dengizda kemalarni yurgizib qoʻygan Zotdir. Albatta, U sizlarga mehribondir.
Tunning bir qismida uyg‘onib tahajjudga turing. Bu sizga xos boʻlgan nafl ibodatidir. Shoyadki, Robbingiz sizni qiyomat kunida shafoat qiladigan maqtovli maqomda tiriltirsa.
Yana duo qilib: “Ey Robbim, meni qabrdagi kiradigan joyimga gunohlarim kechirilgan holda sodiqlik bilan kiritgin va qayta chiqadigan joyimdan ham sodiqlik bilan chiqargin. Menga Oʻz huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato qil”, – deb ayt.
Ey Rasulim, ularga: “Har kim oʻz holiga koʻra amal qiladi. Robbingiz esa kim eng toʻg‘ri yoʻlda ekanini yaxshi biluvchidir”, – deb ayting.
Ey Muhammad, sizdan ruh haqida soʻraydilar. Ularga: “Ruh faqatgina Robbimning ishidandir. Sizlarga esa u haqida oz ilm berilgandir”, – deb ayting.
Faqat Robbingizning marhamati bilangina u qalbingizda boqiydir. Haqiqatan, sizga Uning fazli kattadir.
Yoxud sening oltindan bir uying boʻlmaguncha yoki koʻz oʻngimizda osmonga koʻtarilib ketmaguningcha, hargiz senga iymon keltirmaymiz. Bizlarga oʻqiydigan biron kitob tushirmas ekansan, hatto, bu osmonga koʻtarilishingga ham aslo ishonmaymiz. Ey Rasulim, ularga: “Yo pok Parvardigorim, men faqat payg‘ambar boʻlgan bir odam edim-ku!” – deb ayting.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Agar sizlar Robbimning rahmat xazinalariga ega boʻlsangizlar, oʻshanda ham baxillik bilan ishlatishdan qoʻrqib, qattiq ushlab qolardingiz. Chunki inson zoti shunday xasis boʻladi”, – deb ayting.