Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.

