Agar yer yuzidagi barcha daraxt qalamlar boʻlib, dengiz siyoh boʻlsa va undan soʻng yana yetti dengiz yozish uchun unga yordamga kelsa ham Allohning soʻzlari tugamaydi. Shubhasiz Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
От искомого вами масдар-узак س ب ع образовано 28 аятов.
yetti, va yetti kun, yirtqichning, yetgan, va yetti, yettitadir, yetti (osmon)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agar yer yuzidagi barcha daraxt qalamlar boʻlib, dengiz siyoh boʻlsa va undan soʻng yana yetti dengiz yozish uchun unga yordamga kelsa ham Allohning soʻzlari tugamaydi. Shubhasiz Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Bas, ikki kunda yetti qavat osmonni barpo qildi va har bir osmonga qilishi kerak boʻlgan ishini vahiy qildi. Biz dunyoga yaqin osmonni yulduzli chiroqlar bilan bezadik va uni ofatlardan saqladik. Bu izzati ulug‘ – Aziz va barcha narsani biluvchi – Aʼlim Zotning oʻlchovidir.
Alloh yetti qavat osmonni va Yerdan ham oʻshancha miqdorni yaratgan Zotdir. Allohning amri u osmon va Yer oʻrtasida nozil boʻlib turadi. Bular toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani Oʻz ilmi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchundir.
U yetti osmonni qavatma-qavat qilib yaratgan Zotdir. Siz Rahmonning yaratishida biror tafovut va nuqsonni koʻrmaysiz. Bas, koʻzingizni yana osmonga qaytarib koʻring-chi, biror kamchilik koʻrarmikansiz?
U boʻronni Alloh ularning ustiga ketma-ket yetti kecha va sakkiz kunduz xizmatkor qilib qoʻydi. Bas, qavmning u yerda ag‘darilib yotganini koʻrar edingiz. Ular xuddi xurmoning chirib ichi boʻshab qolgan xodalariga oʻxshar edilar.
Soʻngra uzunligi yetmish quloch boʻlgan zanjirga bog‘langlar.
Alloh yetti qavat osmonni qanday ustma-ust qilib yaratganini koʻrmadingizmi?!
Tepalaringizda yetti qavat mustahkam osmonni bino qildik.