وَأَلْقَىٰ فِي الْأَرْضِ رَوَاسِيَ أَنْ تَمِيدَ بِكُمْ وَأَنْهَارًا وَسُبُلًا لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Yana U, sizlarni silkitib yubormasligi uchun Yerda ulkan tog‘larni barpo qildi. Ekin-tikin va ichishingiz uchun daryolarni oqizib qoʻydi va koʻzlagan manzillaringizga borishda adashmasligingiz uchun yoʻllarni ham paydo qildi.

