وَإِذْ أَنْجَيْنَاكُمْ مِنْ آلِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوءَ الْعَذَابِ ۖ يُقَتِّلُونَ أَبْنَاءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَاءَكُمْ ۚ وَفِي ذَٰلِكُمْ بَلَاءٌ مِنْ رَبِّكُمْ عَظِيمٌ
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarni bir paytlar yomon azoblarni ravo koʻrgan, oʻg‘il bolalaringizni qatl qilib, ayol-qizlaringizni buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoʻyib yuborgan zolim firʼavn xonadonidan qutqarganimizni eslanglar. Ana oʻsha paytda boʻlib oʻtgan hodisalarda sizlarga Robbingiz tomonidan katta bir imtihon boʻlgan edi.

