Barchalari payg‘ambarlarni inkor qildilar, bas, ularga jazoyim muqarrar boʻldi.
От искомого вами масдар-узак إِلَّا образовано 663 аятов.
boshqasini, boshqa, tashqari, boshqasiga, tashqarida, faqat, boshqasi, boshqa (bir shaklda), faqat (qildik), boshqasining
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Barchalari payg‘ambarlarni inkor qildilar, bas, ularga jazoyim muqarrar boʻldi.
Ana ularning barchalari faqat hech toʻxtamasdan keladigan birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqdalar, , xolos.
Dovud ikkinchi daʼvogarni tinglamay turib: “Darhaqiqat, u sening qoʻyingni oʻz qoʻylariga qoʻshib olishni soʻrab senga zulm qilibdi. Darvoqe, koʻp doʻstlar bir-birlariga zulm qiladilar. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kishilargina zulm qilmaydilar. Ular esa juda ozdirlar”, – dedi. Dovud uni imtihon qilganimizni bilib qoldi va darhol Robbisidan shoshib hukm chiqargani uchun mag‘firat soʻradi va sajdaga egilgan holida yerga yiqilib, tavba qildi.
Ey Muhammad, ularga: “Men faqat bir ogohlantiruvchi payg‘ambarman. Yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsaga g‘olib – Qahhor Allohdan oʻzga iloh yoʻq”, – deb ayting.
Menga faqat oʻzimning aniq ogohlantiruvchi payg‘ambar ekanligim vahiy qilinadi, xolos.
Faqat iblisgina kibrlanib sajda qilmadi va kofirlardan boʻldi.
Lekin ularning orasidagi ixlosli bandalaringni yoʻldan ozdira olmayman.
Ushbu Qurʼon olamlar uchun faqat bir eslatmadir.
Ogoh boʻlingiz, ey insonlar, xolis din yolg‘iz Allohnikidir. Undan oʻzgani doʻstlar qilib olgan kimsalar: “Biz faqat ularga bizni Allohga juda yaqin qilishlari uchungina ibodat qilamiz”, – deydilar. Shubhasiz, Alloh qiyomat kunida ixtilof qilayotgan narsalari xususida ularning oʻrtasida haq bilan hukm qiladi. Albatta, Alloh yolg‘onchi va noshukr kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
U sizlarni bir jondan yaratdi, soʻngra undan jufti Havvoni paydo qildi. Sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni yaratib tushirdi. U sizlarni onalaringizning qornida uch tabaqa zulmat ichida asta-sekin yaratadi. Ana shu Alloh – Robbingizdir. Barcha mulk faqat Unikidir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Unga ibodat qilmay qay tomonga burilib ketyapsizlar?!
Sur chalinganda, osmonlar va Yerdagi bor jonzot oʻladi, faqat Alloh xohlagan zotlargina tirik qoladi. Keyin unga yana bir puflanadi bas, birdan ular qabrlaridan turib, Allohning amriga muntazir boʻladilar.
Alloh bandalarning gunohini mag‘firat qiluvchi, tavbani qabul etuvchi, azobi qattiq va fazlu karam egasidir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Qaytib borish, faqat Uning Oʻzigadir.
Allohning oyatlari haqida faqat kufr keltirgan kimsalar tortishadilar. Bas, ularning shaharlarda aylanib yurishlari sizni aldab qoʻymasin.
U sizlarga Oʻzining borligi va birligiga dalolat qiluvchi alomatlarini koʻrsatadi va sizlarga osmondan rizq yog‘diradi. Lekin bu alomatlardan faqat Allohga koʻp tavba qiladigan kishilargina eslatma oladi.
Bas, Muso ularga huzurimizdan haq payg‘ambarlik bilan kelganida, ular: “U bilan birga iymon keltirgan kimsalarning oʻg‘illarini oʻldirib, ayollarini buzuq niyatda foydalanish uchun tirik qoldiringlar” – dedilar. Biroq kofirlarning hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas.
Ey qavmim, bugungi kunda hukmronlik sizniki, Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar. Agar bizlarga Allohning azobi kelsa, kim bizga yordam beradi?! Firʼavn unga: “Men sizlarga oʻzim oʻylayotgan narsadan boshqani koʻrsatmayman va sizlarni, faqat toʻg‘ri yoʻlga boshlayman”, – dedi.
Ey qavmim, bugungi kunda hukmronlik sizniki, Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar. Agar bizlarga Allohning azobi kelsa, kim bizga yordam beradi?! Firʼavn unga: “Men sizlarga oʻzim oʻylayotgan narsadan boshqani koʻrsatmayman va sizlarni, faqat toʻg‘ri yoʻlga boshlayman”, – dedi.
Osmonlarning yoʻllariga yetib borayki, zora Musoning ilohini koʻrsam, chunki men uni yolg‘onchi deb gumon qilyapman. Firʼavnga oʻzining yomon amali mana shunday chiroyli qilib koʻrsatildi va toʻg‘ri yoʻldan toʻsildi. Firʼavnning barcha hiylasi, faqatgina halokatdadir.
Kimki biror yomonlik qilsa, unga oxiratda oʻsha yomonligi barobaricha jazo beriladi. Erkakdir, ayoldir kimki moʻmin boʻlgan holida biror yaxshilik qilsa, aynan oʻshalar jannatga kiradilar. U joyda ularga behisob rizq beriladi.
Jahannam qoʻriqchilari: “Axir, sizlarga payg‘ambarlaringiz hujjatlar bilan kelmagan edimi?!” – deb aytadilar: Ular: “Ha, lekin ularga ishonmagan edik”, – deydilar. Shunda farishtalar ularga: “Unda oʻzingiz duo qilaveringlar. Faqat kofirlarning duolari, zalolatdir”, – deb aytadilar.