وَقَالَ مُوسَىٰ رَبَّنَا إِنَّكَ آتَيْتَ فِرْعَوْنَ وَمَلَأَهُ زِينَةً وَأَمْوَالًا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا رَبَّنَا لِيُضِلُّوا عَنْ سَبِيلِكَ ۖ رَبَّنَا اطْمِسْ عَلَىٰ أَمْوَالِهِمْ وَاشْدُدْ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُوا حَتَّىٰ يَرَوُا الْعَذَابَ الْأَلِيمَ
Muso: “Ey Robbimiz, darhaqiqat, Sen firʼavn va uning odamlariga bu dunyo hayotida zeb-ziynat va mol-dunyolar berding. Ey Robbimiz, ular mana shu mol-dunyolari bilan odamlarni Sening yoʻlingdan adashtirishlari uchun shunday qilding. Ey Robbimiz, ularning mol-dunyolarini yakson qilgin, koʻngillarini shunday qattiq qilginki, toki alamli azobni koʻrmagunlaricha, iymon keltirmasinlar”, – dedi.

