Ular sizga Islomga kirganlarini minnat qiladilar. Ularga: “Sizlar menga musulmon boʻlganingizni minnat qilmanglar. Balki agar iymoningizda sodiq boʻlsangiz, bilinglarki, Alloh sizlarni iymonga hidoyat qilganini minnat qiladi”, – deb ayting.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular sizga Islomga kirganlarini minnat qiladilar. Ularga: “Sizlar menga musulmon boʻlganingizni minnat qilmanglar. Balki agar iymoningizda sodiq boʻlsangiz, bilinglarki, Alloh sizlarni iymonga hidoyat qilganini minnat qiladi”, – deb ayting.
Albatta, Alloh osmonlar va Yerdagi g‘ayb sirlarini biladi. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
Albatta, bunda ochiq qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir.
Albatta, Biz barcha jonzotni tiriltiramiz va oʻldiramiz. Qaytish esa faqat Bizgadir.
Sizlarga vaʼda qilinayotgan qayta tirilish, shak-shubhasiz, rostdir.
Albatta, hisob-kitob qilingandan keyin jazo va mukofot ham voqe boʻluvchidir.
Albatta, sizlar bu Payg‘ambar xususida qarama-qarshi soʻzdasizlar.
U kunda albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlar ichida boʻladilar.
Robbilari ularga ato etgan narsalarni olgan hollarida boʻladilar. Zero, ular bundan ilgari dunyoda yaxshi ishlarni qiluvchi edilar.
Bas, osmon va Yerning Robbisiga qasam boʻlsinki, albatta, bu vaʼda xuddi siz nutq qilayotganingiz kabi haqiqatdir.
Farishtalar: “Robbing mana shunday, dedi. Albatta, Uning Oʻzi hikmat egasi boʻlgan – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir”, – dedilar.
Farishtalar Ibrohimga: “Bizlar Lut payg‘ambarning bir jinoyatchi qavmiga yuborildik.
Bu qavmlardan oldin Nuh qavmini ham halok qilgan edik. Chunki, ular fosiq qavm edilar.
Osmonni Biz qudrat qoʻllarimiz bilan bino qildik. Darhaqiqat, Biz uni kengaytiruvchimiz.
Ey Rasulim, ularga: “Bas, Allohga iymon keltirish uchun chopinglar. Albatta, men sizlar uchun Uning azobidan aniq ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.
Alloh bilan birga yana boshqa iloh bor, deb aytmanglar. Albatta, men sizlar uchun Uning azobidan aniq ogohlantiruvchi payg‘ambarman.
Qurʼon bilan eslating, zero, eslatma moʻminlarga manfaat keltiradi.
Zero, Allohning Oʻzi barcha xaloyiqqa rizq beruvchi – Razzoqdir. U quvvat egasi va qudratlidir.
Bas, zolimlar uchun, shubhasiz, xuddi ilgari oʻtgan kofir doʻstlarining nasibalari kabi azobdan nasiba bordir. Bas, ular Mening azobimga shoshilmasinlar.
Robbingizning azobi, shubhasiz, roʻy beruvchidir.