Agar sizga Alloh nusrat bersa, u holda sizning ustingizga g‘olib keluvchi yoʻq. Bordi-yu sizlarni qarovsiz tashlab qoʻysa, Undan boshqa kim ham sizlarga nusrat berar edi. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkul qilib suyansinlar.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agar sizga Alloh nusrat bersa, u holda sizning ustingizga g‘olib keluvchi yoʻq. Bordi-yu sizlarni qarovsiz tashlab qoʻysa, Undan boshqa kim ham sizlarga nusrat berar edi. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkul qilib suyansinlar.
Darhaqiqat, Alloh oʻzlarini ichidan ularga oyatlarini oʻqib beradigan, shirk va gunohlardan tozalaydigan, kitob va hikmatdan taʼlim beradigan Payg‘ambar yuborib, moʻminlarga neʼmat berdi.
Badr jangida dushmanga ikki barobar yetkazgan musibatingiz, Uhud jangida sizga ham yetgach: “Bu mag‘lubiyat bizga qaerdan keldi”, – deb aytyapsizmi? Ey Rasulim, ularga: “Bu itoatsizligingiz tufayli oʻz nafsingizdan keldi”, – deb ayting. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
Oʻzlari jangga chiqmay oʻtirib olib, shahid birodarlariga: “Agar bizga itoat qilganlarida, oʻldirilmas edilar”, – deb aytdilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar gapingizda rostgoʻy boʻlsangiz, unda oʻlimni oʻzingizdan daf qilib koʻringlar-chi?” – deb ayting.
Baʼzi odamlar ularga: “Olomon sizga qarshi lashkar toʻpladilar, endi ulardan qoʻrqinglar”, – deyishganda, ularning bu gapi iymonni yanada orttirdi. Ularga qarata: “Bizga Allohning Oʻzi kifoya va U eng yaxshi vakil!” – deb aytganlar.
Sizlarni qoʻrqitmoqchi boʻlgan oʻsha shaytondir. U sizlarni oʻzining munofiq doʻstlari bilan qoʻrqitmoqchi boʻladi. Agar haqiqiy moʻminlardan boʻlsangizlar, ulardan qoʻrqmanglar, faqat Mendan qoʻrqinglar.

Ey Rasulim, kufr yoʻlida ildamlab oshiqayotganlar sizni xafa qilmasin. Ular aslo Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Alloh ularga oxiratda hech bir nasiba bermaslikni istaydi. Ular uchun ulkan azob bordir.
Shubhasiz, kufrni iymonga almashtirib sotib olganlar Allohga hech bir narsada aslo zarar yetkaza olmaydilar. Ular uchun alamli azob bordir.
Kufr keltirgan kimsalar ularga muhlat berib, tek qoʻyganimizni oʻzlari uchun yaxshi deb oʻylamasinlar. Darhaqiqat, Biz ularga gunohlari koʻpayishi uchungina muhlat berib turamiz. Oxiratda ular uchun xor qiluvchi azob bordir.
Alloh moʻminlarni pokdan nopokni ajratmasdan, sizlarni hozirgi bu holatda tashlab qoʻymaydi. Shuningdek, Alloh sizlarni g‘aybdan xabardor qilib qoʻymadi. Biroq Alloh Oʻz Rasullaridan xohlagan kishisini tanlab oladi. Allohga va Uning Rasullariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirib, Allohdan qoʻrqsangiz, sizlar uchun ulkan ajr bordir.
Qasam boʻlsinki, Alloh ularning “Albatta, Alloh faqir, biz esa boymiz”, – degan gaplarini eshitdi. Ularning bu aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlarini tezda yozib qoʻyamiz. Qiyomat kunida esa ularga: “Kuyduruvchi jahannamning azobini totib koʻringlar”, – deb aytamiz.
Ular: “Bizga keltirgan bir qurbonlikni osmondan tushgan bir olov uni yeb qoʻymaguncha hech bir Rasulga iymon keltirmasligimiz haqida Alloh Tavrotda bizlardan ahd olgan”, – deb aytadilar. Ey Rasulim, ularga: “Mendan oldin ham sizning ajdodlaringizga dalillar va sizlar aytgan qurbonlik kabi moʻʼjizalar bilan koʻplab payg‘ambarlar kelgan edilar. Xoʻsh, agar gaplaringizda rostgoʻy boʻlsangizlar, nima uchun ularni qatl etdingiz?!” – deb ayting.

Ey Rasulim, agarda sizni yolg‘onchiga chiqarayotgan boʻlsalar, g‘amgin boʻlmang, darhaqiqat, sizdan oldin ochiq dalillar, sahifalar va nur tarqatuvchi kitob keltirgan Rasullar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar.
Har bir jon oʻlimni totib koʻruvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringizni toʻlig‘icha olasiz. Kimki doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa yolg‘onchi bir zavqdan iboratdir.
Albatta, molu davlat va jonlaringiz bilan imtihon qilinasizlar. Sizlardan avvalgi kitob berilgan yahudiy va nasroniylar va mushriklar tomonidan koʻplab ozor eshitasizlar. Agar mana shu hollarga sabr qilib, Allohdan qoʻrqsangizlar, bu qilganlaringiz ishlarning muqarrarligidandir.

Shubhasiz, osmonlaru Yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashib turishida aql egalari uchun ochiq alomatlar bordir.
Ey Robbimiz, Sen kimni doʻzaxga kiritsang, albatta, uni xor qilgan boʻlasan. Zolimlarga esa azobdan qutulishlari uchun yordamchilar boʻlmaydi.