Shubhasiz, shayton sizlarni yomon va buzuq ishlarga hamda Alloh haqida bilmagan narsalaringizni aytishga buyuradi.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shubhasiz, shayton sizlarni yomon va buzuq ishlarga hamda Alloh haqida bilmagan narsalaringizni aytishga buyuradi.
Ey iymon keltirganlar, Biz sizlar uchun rizq qilib bergan neʼmatlarimizdan halol va pokizalarini tanlab yenglar. Agarda yolg‘iz Ungagina qullik qiluvchi boʻlsangizlar, unda Allohga shukr qilinglar.
Alloh sizlarga oʻlimtikni, qonni, choʻchqa goʻshtini hamda Allohdan boshqasiga atab soʻyilgan jonliqlarni qatʼiy harom qildi. Bordi-yu kimda-kim nochor holda ulardan yeyishga majbur qolsa, haddan va meʼyordan oshmay ozgina yesa unga gunoh boʻlmaydi. Darhaqiqat, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
Alloh sizlarga oʻlimtikni, qonni, choʻchqa goʻshtini hamda Allohdan boshqasiga atab soʻyilgan jonliqlarni qatʼiy harom qildi. Bordi-yu kimda-kim nochor holda ulardan yeyishga majbur qolsa, haddan va meʼyordan oshmay ozgina yesa unga gunoh boʻlmaydi. Darhaqiqat, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
Shubhasiz, Alloh nozil qilgan Tavrot kitobidagi Muhammadning sifatini qasddan yashiradigan va uni dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotadiganlar, qorinlariga, faqat doʻzax otashini yegan boʻladilar. Alloh ularga qiyomat kunida gapirmaydi va ularni gunohlardan tozalamaydi. Shuningdek, ularga alamli azob beriladi.
Ularga berilgan bu jazo Alloh kitobni, haqiqatan, nozil qilgani sababidandir. Kitobning haqligi toʻg‘risida qarshilik qilgan kimsalar, albatta, haqdan uzoq boʻlgan tortishuv ichidadirlar.
Sizlardan biringizga oʻlim oni yaqinlashganda, orqasidan bir xayr, yaʼni boylik qoldirayotgan boʻlsa, ota-ona va qarindoshlarga yaxshilik bilan vasiyat qilish taqvodorlar zimmasidagi burch oʻlaroq farz qilindi.
Kimki, vasiyatni eshitib olgandan keyin uni oʻzgartirsa, gunohi uni oʻzgartirganga boʻladi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Kimki, vasiyatni eshitib olgandan keyin uni oʻzgartirsa, gunohi uni oʻzgartirganga boʻladi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Agarda kimki, vasiyat qiluvchining biror bir xatoga yoki gunohga moyil boʻlishidan qoʻrqib, vasiyat qiluvchi va merosxoʻrlar orasini tuzatib qoʻysa unga gunoh boʻlmaydi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ramazon roʻzasi sanoqli kunlarda boʻlib oʻtadi. Agar sizlardan biringiz bemor yoki safarda boʻlsa, roʻza tutolmagan kunlarining soni miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Roʻza tutishga madori yetmaydiganlarning zimmasida esa bir miskinning bir kunlik taomi miqdorida fidya bersin. Kimda-kim fidyani koʻngildan chiqarib ortiqroq bersa u oʻzi uchun yaxshidir. Lekin agar bilsangiz edi, sizlar uchun roʻza tutishingiz fidya berib tutmaganingizdan koʻra yaxshiroqdir.
Ey Rasulim, bandalarim sizdan Men haqimda soʻrasalar shuni bilsinlarki, albatta, Men ularga juda yaqinman. Menga duo qilgan payt, duo qiluvchining duosini ijobat qilaman. Bas, mening ham chaqiriqlarimga javob berib, amrlarimga itoat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar. Shoyad, shunda toʻg‘ri yoʻlni topib ketsalar.
Sizlarga urush ochganlar bilan sizlar ham Alloh yoʻlida ularga qarshi urush ochinglar, lekin tajovuzkor boʻlmanglar. Zero, Alloh tajovuzkorlarni sevmaydi.
Mushriklarni qaerda tutsangiz ham oʻldiringlar. Sizlarni haydab chiqargan joylari Makkadan ularni ham quvib chiqaringlar. Fitna-fasod chiqarish oʻldirishdan ham yomonroqdir. Dushmanlaringiz sizlarga qarshi urush ochmagunlaricha Masjid ul-Harom yonida ular bilan urishmanglar. Bordi-yu agar sizlarga urush boshlasalar, u holda sizlar ham ular bilan urishinglar. Kofirlarning jazosi ana shunday boʻladi.
Agar kufrdan kechib, Islomga kirsalar va urushdan tiyilsalar, shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agar kufrdan kechib, Islomga kirsalar va urushdan tiyilsalar, shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Kofirlar bilan to fitna-fasod tamoman tugab, din yolg‘iz Alloh uchun boʻlguncha jang qilinglar. Agar kufrdan voz kechib, urushni toʻxtatsalar, unda sizlar ham toʻxtatinglar. Chunki dushmanlik, faqat zolimlarga qarshi boʻladi.
Alloh yoʻlida mol-dunyongizni sarflanglar va baxillik qilib, oʻz qoʻllaringiz bilan oʻzingizni halokatga tashlamanglar. Hamda chiroyli amallar qilinglar, shubhasiz, Alloh ehson qiluvchi kimsalarni sevadi.
Barcha arkonlariga amal qilgan holda boshlagan haj va umra ibodatini Alloh uchun toʻliq ado etinglar. Agarda betoblik, qaroqchilarga yoʻliqish yoki shunga oʻxshash uzrli sabablar bilan yoʻlingiz toʻsilib qolsa, u holda qurbingiz yetgan biror bir jonliqdan qurbonlik uchun hadya qilib joʻnating. Boshdagi sochlaringizni esa hadyangiz oʻz joyiga yetib bormaguncha olmay turinglar. Bordi-yu sizlardan kimdir oʻsha payt bemor boʻlsa yoki boshidan sochini oldirmagan taqdirda aziyat boʻladigan bir sabab boʻlsa, u holda sochini oldirishi mumkin. Lekin bu ishni qilgan kimsaga roʻza tutish, sadaqa berish yoki qurbonlik soʻyishdan birortasini fidya qilib toʻlashi kerak boʻladi. Agar haj qilishga toʻsqinlik qilgan holatlardan qutulsangiz va kimki hajgacha umra ibodatidan foydalansa, yaʼni ehromdan vaqtincha chiqib, yana hajda qayta ehromga kiradigan boʻlsa, u qurbi yetgan qurbonlikdan biror jonliq soʻyishi kerak. Kimki bunga imkon topa olmasa, unda uch kun hajda va yetti kun hajdan qaytganingizdan keyin roʻza tutish kerak boʻladi. Ana oʻshanda bu toʻliq oʻn kun boʻladi. Bu hukmlar ahli-oilasining yashash joyi Masjid ul-Haromda boʻlmaganlar uchundir. Allohdan qoʻrqinglar va bilib olinglar, albatta, Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.
Haj maʼlum oylarda ado etiladi. Kim u oylarda hajni niyat qilib uni oʻziga farz qilsa, haj ibodatida ayoliga yaqinlik qilish, fisq-fujur ishlar va janjal-toʻpolon qilishi mumkin emas. Yaxshilik turidan nimaiki qilsangiz, Alloh uni biladi. Ey moʻminlar, oxirat hayoti uchun ozuqa g‘amlanglar. Shubhasiz, ozuqaning eng yaxshisi – bu taqvodir. Ey aql egalari, faqatgina Mendan qoʻrqinglar.