Qasam boʻlsinki, agar ularga Robbingizning azobidan ozgina yetsa, albatta, ular: “Holimizga voy boʻlsin, chindan ham bizlar oʻzimizga zolim ekanmiz”, – deb aytadilar.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Qasam boʻlsinki, agar ularga Robbingizning azobidan ozgina yetsa, albatta, ular: “Holimizga voy boʻlsin, chindan ham bizlar oʻzimizga zolim ekanmiz”, – deb aytadilar.
Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qoʻyamiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmaydi. Agar amallar xardal oʻsimligi donasining og‘irligicha boʻlsa ham, oʻshani keltiramiz! Hisob koʻruvchi sifatida Oʻzimiz kifoya qilamiz.
Ular qaytib kelib: “Bizning ilohlarimizni kim bunday qildi? Kim boʻlsa ham u zolimlardan ekan”, – dedilar.
Ibrohim ularga: “Yoʻq, bu ishni ularning mana bu kattalari qildi. Qani, agar gapira olsalar ulardan soʻrab koʻringlar-chi!” – dedi.
Shunda mushriklar biroz oʻzlariga kelib bir-birlariga: “Sizlar oʻzingiz zolimsizlar”, – dedilar.
Keyin zolim podshoh Namrud boshchiligidagi mushriklar: “Agar Ibrohimga qarshi biror ish qiluvchi boʻlsangiz, uni olovda yoqib yuboringlar! Bu ishni qilish bilan ilohlaringizga yordam qilinglar!” – dedilar.
Lutga esa hikmat va ilm berdik. Uni nopok ishlar qilgan qishloq ahlidan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon fosiqlar qavmi edilar.
Biz uni oʻz rahmatimiz ichiga kiritdik. Haqiqatan, u solih kishilardan edi.
Unga oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan qavm ustidan g‘alaba berdik. Darhaqiqat, ular yomon qavm edilar. Bas, ularning barchasini toʻfonda g‘arq qilib yubordik.
Biz ularni oʻz rahmatimiz ichiga kiritdik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir.
Zunnun, yaʼni Yunus payg‘ambarning oʻz qavmidan g‘azablangan holda Bizning iznimiz boʻlmasdan qishlog‘idan chiqib ketgan paytida unga qarshi hech narsa qilolmaymiz deb oʻyladi. Biz uni dengizda baliq qorniga tashlaganimizdan keyin qorong‘i zulmatlar ichida: “Sendan oʻzga iloh yoʻqdir. Sen barcha nuqsonlardan poksan. Darhaqiqat, men oʻzimga zulm qiluvchilardan boʻldim”, – deb nido qildi.
Bas, uning duosini ham mustajob qildik va unga Yahyoni hadya qildik. Hamda juftini tug‘adigan qilib oʻnglab qoʻydik. Darhaqiqat, bu payg‘ambarlar yaxshi ishlarni qilishda shoshilar, umid va qoʻrquv bilan Bizga duo qilar va Bizga itoat qiluvchi zotlar edi.
Ey insonlar, sizlarning ushbu ummatingiz aslida bir ummatdir Men esa hammangizning Robbingizman. Bas, faqat Menga ibodat qilinglar.
Bas, kim moʻmin holida solih amallardan qilsa, uning saʼy-harakati bekorga ketmaydi. Biz, albatta, uning amallarini yozib qoʻyuvchimiz.
Ey mushriklar, sizlar ham Allohdan boshqa sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam oʻtinidir. Sizlar unga kiruvchisiz!
Albatta, Biz tomondan ular uchun goʻzallik tayyorlab qoʻyilgan kimsalarga kelsak, ular doʻzaxdan uzoq qilinganlardir.
Biz u kunda osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani oʻragandek oʻrab, avval qanday yaratgan boʻlsak, uni yana oʻsha holga qaytaramiz. Bu Bizning zimmamizdagi vaʼda boʻlib, albatta, Biz buni qiluvchimiz.
Shubhasiz, mana shu Qurʼonda ibodat qiluvchi qavmlar uchun aniq oʻgit bordir.
Ey Rasulim: “Menga ilohingiz yagona Iloh ekani haqida vahiy qilinmoqda. Bas, endi musulmon boʻlarsizlar?!” – deb ayting.
Bas, agar yuz oʻgirsalar, ularga: “Men sizlarga vahiyni hammaga barobar qilib eshittirdim. Sizlarga vaʼda qilinayotgan qiyomat yaqinmi yo uzoqmi bilmayman”, – deng.