Albatta, siz ularni, faqat toʻg‘ri yoʻlga daʼvat qilmoqdasiz.
От искомого вами масдар-узак إِنَّ образовано 2380 аятов.
agar, yo'q agar, , va agar, chindan, va albatta, lekin agar, va, agar (bo'lsa), agar (qarzdor)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, siz ularni, faqat toʻg‘ri yoʻlga daʼvat qilmoqdasiz.
Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar bu yoʻldan ozuvchilardir.
Ular: “Bizlar oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanganimizda, yana qayta tiriluvchimizmi?!” – dedilar.
Darvoqe, bizlar ham, ota-bobolarimiz ham oldin mana shu gaplarga vaʼda qilingan edik. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir.
Ey Muhammad, ularga: “Agar bilsangiz, aytinglar-chi, Yer va undagi bor jonzot kimniki?” – deb ayting.
Ey Muhammad ularga: “Agar bilsangiz, aytinglar-chi, barcha narsaning hukmronligi Uning qoʻlida boʻlgan, oʻzi barchaga homiylik qiladigan, lekin Unga nisbatan homiylik qilinmaydigan Zot kimdir?” – deb ayting.
Yoʻq, Biz ularga qayta tirilishlari haqidagi haqiqatni keltirdik. Ular esa hali ham yolg‘onchidirlar.
Albatta, Biz ularga vaʼda qilayotgan narsani sizga koʻrsatishga qodirmiz.
Shoyad, men tark etgan dunyodagi yerimda yaxshi amal qilsam, – deydi. Yoʻq, u aslo dunyoga qaytarilmaydi. Albatta, bu quruq gap boʻlib, u buni gapiruvchi, xolos. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, ikki dunyo oʻrtasini toʻsib turadigan bir toʻsiq bordir.
Ey Robbimiz, bizlarni doʻzaxdan qayta dunyoga chiqargin. Bas, agar shunda ham kufr va tug‘yon yoʻliga qaytsak, unda biz chindan ham oʻzimizga zulm qiluvchilarmiz.
Ey Robbimiz, bizlarni doʻzaxdan qayta dunyoga chiqargin. Bas, agar shunda ham kufr va tug‘yon yoʻliga qaytsak, unda biz chindan ham oʻzimizga zulm qiluvchilarmiz.
Darvoqe, Mening bandalarim orasida bir guruh bordir. Ular: “Ey Robbimiz, Senga iymon keltirdik. Bas, bizlarni mag‘firat qil va bizlarga rahm qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan”, – der edilar.
Men esa bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular ulkan yutuqqa erishganlardir.
Alloh ularga: “Agar bilsangiz, dunyoda juda oz qoldingiz”, – deydi.
Kimki oʻzida hech qanday dalil boʻlmagan holda Alloh bilan birga boshqa biror soxta ilohga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Robbisining huzuridadir. Albatta, kofir boʻlganlar azobdan qutulmaydilar.
Kimki oʻzida hech qanday dalil boʻlmagan holda Alloh bilan birga boshqa biror soxta ilohga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Robbisining huzuridadir. Albatta, kofir boʻlganlar azobdan qutulmaydilar.
Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz darra uringlar. Agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi boʻlsangizlar, Allohning dinidagi hukmlarni bajarishda sizlarni u ikkisiga nisbatan rahm-shafqat qilish tuyg‘ulari tutmasin. Shuningdek, ularning jazolanishida moʻminlardan bir guruh shohid boʻlsinlar.
Biroq keyin bu ishlardan tavba qilib, oʻzlarini tuzatgan kishilargina fosiq emaslar. Chunki Alloh, albatta, gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Oʻzlaridan boshqa guvohlari boʻlmagan holda oʻz xotinlariga buzuq deb tosh otadiganlar har biri oʻzini, shubhasiz, rostgoʻylardan deb, Alloh nomiga toʻrt marta guvohlik berishi kerak.
Beshinchi guvohligi esa, agar yolg‘onchilardan boʻlsa, unga Allohning laʼnati boʻlishini istashdir.