Shunda firʼavnning xonadonidan boʻlgan va iymonini yashirib yuradigan bir moʻmin kishi: “Bir odamni “Robbim Alloh”, degani uchun oʻldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga Robbingiz tomonidan aniq hujjatlarni keltirdi. Agar u yolg‘onchi boʻlsa, yolg‘oni oʻz zarariga. Bordi-yu rostgoʻy boʻlsa, u holda sizlarga vaʼda qilayotgan baʼzi azoblar yetib qoladi. Albatta, Alloh haddan oshuvchi va yolg‘onchi kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi”, – dedi.

