Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
Siz qidirgan ط م ع masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 12 ta oyat mavjud.
umid qilyapsizmi?, umid qilib, kutmoqdalar, va umid qilib, va umid ichida, umid qilamiz, umid qilganim, va umid, shuning uchun tamah qilmasin, umid qilyaptimi?
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
Ular: “Robbimiz bizlarni solih qavmlar qatoriga qoʻshishini orzu qilamiz-u, nima uchun endi bizlar Haqdan kelganga iymon keltirmasligimiz kerak?!” – deydilar.
Jannat va jahannam ahllari oʻrtasida bir toʻsiq bordir. Undagi Aʼrof tepasida barcha jannat va jahannam ahllarining siymolaridan tanib oladigan kishilar bordir. Ular jannat ahllariga: “Sizlarga salom boʻlsin”, – deb nido qiladilar. Ular jannatga kirishni qattiq orzu qiladilar, biroq unga kirolmay turadilar.
Yer yuzida isloh qilinganidan keyin buzg‘unchilik qilmanglar hamda Uning g‘azabidan qoʻrqqan va rahmatiga umid qilgan holda duo qilinglar. Shubhasiz, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.
Ey odamlar, U sizlarga momoqaldiroqning kuchli ovozidan xavf va uning natijasida yomg‘ir yog‘ishidan umidvor boʻlgan holingizda chaqmoqni koʻrsatadigan va og‘ir bulutlarni paydo qiladigan Zotdir.
Biz Musoga iymon keltirganlarning birinchisi boʻlganimiz uchun, Robbimiz bizning gunohlarimizni mag‘firat etishiga umid qilamiz.
Xatolarimni qiyomat kuni mag‘firat qilishidan umidvor boʻlganim ham Uning Oʻzidir.
Yana Uning belgilaridan biri – sizlarga momaqaldiroqdan qoʻrqqan va yomg‘ir yog‘ishidan umidvor boʻlgan holingizda chaqmoqni koʻrsatishi va osmondan suv yog‘dirib, u bilan yerni suvsizlikdan oʻlganidan soʻng tiriltirishidir. Albatta, bunda aql yurgizadigan qavm uchun dalillar bordir.
Ularning yonboshlari ibodat uchun oz uxlaganlaridan yotoq joylaridan ajrab turadi. Ular Robbilariga qoʻrquv va umid bilan duo qiladilar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan muhtojlarga ehson qiladilar.
Ey Payg‘ambarning ayollari, agar taqvo qilsangizlar, sizlar boshqa ayollarning birortasi kabi emassizlar. Bas, sizlar nomahram erkaklarga mayin soʻz qilmanglar, aks holda qalbida buzuqlik boʻlgan kimsa taʼma qilib qoladi. Soʻzni oddiy qilib, toʻg‘ri aytinglar.
Yoki ulardan har bir kishi neʼmatlanish jannatiga kiritilishni tama qiladimi?!
Shundan keyin ham u yana ziyoda qilishimni tama qiladi.