وَيَجْعَلُونَ لِمَا لَا يَعْلَمُونَ نَصِيبًا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ ۗ تَاللَّهِ لَتُسْأَلُنَّ عَمَّا كُنْتُمْ تَفْتَرُونَ
Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan johilliklari sababli xudo deb oʻylab, oʻzlari bilmaydigan butlari uchun nasiba ajratadilar. Ey mushriklar, Allohga qasamki, albatta, sizlar oʻzlaringiz toʻqib olgan butlaringiz haqida soʻralasizlar.

