ذَٰلِكَ الَّذِي يُبَشِّرُ اللَّهُ عِبَادَهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ۗ قُلْ لَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا إِلَّا الْمَوَدَّةَ فِي الْقُرْبَىٰ ۗ وَمَنْ يَقْتَرِفْ حَسَنَةً نَزِدْ لَهُ فِيهَا حُسْنًا ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ شَكُورٌ
Allohning iymon keltirgan va solih amallarni qilgan bandalariga beradigan xushxabari mana shudir. Ey Muhammad, ularga: “Men sizlardan bu daʼvatim uchun haq soʻramayman, faqat qarindoshchilikdagi mehrinigina soʻrayman”, – deb ayting. Kimki, biror yaxshi amal qilsa, uning uchun oʻsha amalida yaxshilikni ziyoda qilamiz. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va koʻp savob beruvchi – Shakur Zotdir.

