Vaqtiki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon ahvolga tushdi va ularning kelishidan qoʻl-oyog‘i boʻshashib, yuragi siqildi va: “Bu kun juda qiyin bir kundir”, – dedi.
Siz qidirgan ع ص ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
og'ir, bir jamoamiz, bir jamoa, bir jamoadir, bir jamoaga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Vaqtiki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon ahvolga tushdi va ularning kelishidan qoʻl-oyog‘i boʻshashib, yuragi siqildi va: “Bu kun juda qiyin bir kundir”, – dedi.
Oʻshanda akalar Yusuf uchun: “Yusuf va uning ukasi Binyamin otamizga bizdan koʻra sevimliroqdir. Vaholanki, biz bir toʻp koʻpchilikmiz. Haqiqatan, otamiz aniq adashishda”, – dedilar.
Bu gapdan keyin oʻg‘illari: “Biz bir toʻda jamoa boʻla turib agar uni boʻri yeb ketsa, unda biz rosa ziyon koʻruvchilar boʻlib qolamiz-ku”, – dedilar.
Albatta, bu tuhmatni vujudga keltirgan kimsalar orangizdan boʻlgan bir toʻdadir. Bu tuhmatni oʻzingiz uchun yomonlik deb oʻylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshidir. Ulardan har bir kishi uchun oʻzi orttirgan gunohning jazosi bordir. Ularning orasidan gunohning kattasini koʻtargan kimsa uchun esa katta azob bordir.
Albatta, Qorun Muso payg‘ambarning qavmidan edi. Bas, u qavmlarga takabburlik qildi. Biz unga kalitlarini koʻtarib yurishda bir guruh baquvvat odamlarga ham og‘irlik qiladigan xazinalarni bergan edik. Oʻshanda qavmi unga: “Juda hovliqib ketma, albatta, Alloh hovliqqan kimsalarni sevmaydi”, – dedi.