وَلَوْ تَرَىٰ إِذِ الْمُجْرِمُونَ نَاكِسُو رُءُوسِهِمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ رَبَّنَا أَبْصَرْنَا وَسَمِعْنَا فَارْجِعْنَا نَعْمَلْ صَالِحًا إِنَّا مُوقِنُونَ
Agar siz, gunohkorlarni qiyomat kunida Robbilari huzurida boshlari egik hollarida turib: “Ey Robbimiz, vaʼdangning rost ekanligini koʻrdik va eshitdik, bas, bizlarni yana hayotga qaytar, bizlar endi yaxshi amal qilamiz. Endi, bizlar, albatta, qiyomat haq ekanligiga aniq ishonuvchimiz”, – deb yolvorishlarini koʻrsangiz edi!

