Albatta, Biz sizlarni Yer yuziga joylashtirdik va tirikchilik manbalarini hozir qildik. Lekin juda ozchilik shukr qilyapsizlar.
Siz qidirgan ع ي ش masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 8 ta oyat mavjud.
rizqlar, bir rizq, farovonlik ichida, ularning rizqlarini, bir hayot, rizq vaqti, bir hayot
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Albatta, Biz sizlarni Yer yuziga joylashtirdik va tirikchilik manbalarini hozir qildik. Lekin juda ozchilik shukr qilyapsizlar.
Hamda u yerda siz uchun ham, siz ularni rizq bilan taʼminlay olmaydigan boshqa maxluqotlar uchun ham rizq manbalarini qilib qoʻydik.
Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta, uning uchun dunyoda tor hayot boʻladi. Hamda uni qiyomat kunida koʻzlari koʻr holda tiriltiramiz.
Biz maishatlarida haddan oshgan qanchadan-qancha oʻlkalarni halok qildik. Ulardan keyin oʻsha maskanlarida juda ozchilik istiqomat qildi. Ularning yurtlariga Biz voris boʻldik.
Ey Muhammad, Robbingizning rahmati boʻlgan payg‘ambarlikni ular taqsim qiladilarmi?! Dunyo hayotida ularning oralarida maishatlarini Biz taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻydik. Robbingizning rahmati esa ular yig‘ib boradigan boyliklaridan yaxshiroqdir.
Bas, u rozilik hayotida boʻladi.
Kunduzni esa, tirikchilik vaqti qildik.
Ana u rozilik hayotidadir.