Ey moʻminlar, qachonki, sizlarga majlislarda: “Joy beringlar”, – deyilsa, darhol joy beringlar, Alloh sizlarga ham xohlagan yeringizdan joy beradi. Yana, qachonki, oʻrningizdan “turinglar” deyilsa, darhol turinglar, Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan kimsalarni yuksak darajalarga koʻtaradi. Alloh barcha qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

