كَانَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً فَبَعَثَ اللَّهُ النَّبِيِّينَ مُبَشِّرِينَ وَمُنْذِرِينَ وَأَنْزَلَ مَعَهُمُ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِيَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ فِيمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ ۚ وَمَا اخْتَلَفَ فِيهِ إِلَّا الَّذِينَ أُوتُوهُ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَاتُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ ۖ فَهَدَى اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا لِمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ مِنَ الْحَقِّ بِإِذْنِهِ ۗ وَاللَّهُ يَهْدِي مَنْ يَشَاءُ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ
Odamlar oldin bir ummat edilar, keyin ixtilofga tushib ayrilib ketdilar. Shundan soʻng Alloh jannat bilan xushxabar beruvchi va oxirat azobidan ogohlantiruvchi payg‘ambarlarni yubordi. Ular bilan birga insonlar ixtilofga tushgan hollarida oralarida adolat bilan hukm qilishi uchun haq boʻlgan kitobni nozil qildi. Ochiq-oydin dalillar kelganidan keyin esa, kitob berilgan qavmlar oʻzaro hasad qilib u haqida tortishdilar. Alloh iymon keltirganlarni esa Oʻz izni bilan ular tortishgan va erisha olmagan haq yoʻlga hidoyat qildi. Alloh Oʻzi istagan kimsani toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi.

