فَلَمَّا أَنْجَاهُمْ إِذَا هُمْ يَبْغُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ ۗ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّمَا بَغْيُكُمْ عَلَىٰ أَنْفُسِكُمْ ۖ مَتَاعَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُكُمْ فَنُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ
Vaqtiki, Alloh ularning iltijosini qabul qilib najot berganda, bexos ular Yer yuzida yana nohaq zulm qila boshlaydilar. Ey odamlar, bu qilayotgan zulmingiz faqat oʻz nafsingiz zararigadir. Bular, faqat dunyo hayotining oʻtkinchi matohidir. Oxir-oqibat qaytar joyingiz Bizning huzurimizgadir. Bas, oʻshanda sizlarga qilgan ishlaringizning xabarini beramiz.

