U bandalarining ustidan mutlaq hukmrondir. U hikmat egasi – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Siz qidirgan ق ه ر masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 10 ta oyat mavjud.
to'la hokimdir, yagona hokimdir, ezuvchilar bo'lamiz, qahhor bo'lgan, qahhor qiluvchidir, qahhor (bo'lgan), qahhor qiluvchi, qahhor, va qahhor, ezish
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U bandalarining ustidan mutlaq hukmrondir. U hikmat egasi – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
U bandalarining ustidan mutlaq hukmrondir. Ustingizga qilgan amallaringizni saqlab boruvchi farishtalarni yuboradi. Sizlardan biringizga oʻlim oni kelgan paytda elchilarimiz uning jonini oladilar. Ular vazifalarini benuqson bajaradilar.
Shunda firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: “Ey firʼavn, Muso va uning qavmini Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurishlariga hamda seni va ilohlaringni tark qilishlariga yoʻl qoʻyib berasanmi?” – dedilar. Firʼavn: “Yaqinda ularning oʻg‘illarini qatl qilib tashlaymiz, ayollarini esa, buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoldiramiz. Bizlar, albatta, ular ustiga qahr oʻtkazuvchilarmiz”, – dedi.
Ey zindondagi ikki doʻstim, turli-tuman “ilohlar” yaxshimi yoki yagona va har narsadan ustun boʻlgan g‘olib Allohmi?
Ey Muhammad, ularga: “Osmonlar va Yerning Robbisi kim?” – deb ayting. Keyin ularga: “Albatta, Allohdir”, – deb javob bering. Hamda ularga: “Bas, Uni qoʻyib, oʻzlariga foyda ham zarar ham yetkazishga kuchi yetmaydigan but va sanamlarni doʻstlar qilib oldingizmi?” – deb ayting. Yana ulardan: “Qalbi koʻr gumroh bilan hidoyat yoʻlini koʻruvchi odam barobar boʻladimi? Yoki boʻlmasa zulmatlar bilan nur barobar boʻladimi? Yo ular Alloh yaratgani kabi yarata oladigan butlarni U Zotga sherik qilib olib, soʻngra ularga yaratilgan narsalar Alloh tomonidanmi yoki but tomonidanmi ekanligi nomaʼlum boʻlib qoldimi?” – deb ayting. Ey Rasulim, ularga: “Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir va U yolg‘iz va Oʻz ishida g‘olibdir”, – deb javob bering.
Qiyomat Yer oʻz shaklini yoʻqotib boshqa yerga va osmonlar ham boshqa olamlarga aylanadigan kundadir. Hammasi yagona va qudratli Allohning huzurida paydo boʻladilar.
Ey Muhammad, ularga: “Men faqat bir ogohlantiruvchi payg‘ambarman. Yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsaga g‘olib – Qahhor Allohdan oʻzga iloh yoʻq”, – deb ayting.
Agar Alloh farzand tutishni istasa, albatta, Oʻzi yaratgan narsalaridan xohlaganini tanlab olgan boʻlar edi. U bunday aybdan pokdir. U Alloh, yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsada g‘olib – Qahhor Zotdir.
Ular qabrlaridan tirilib chiqadigan qiyomat kunida Allohga ulardan biror narsa maxfiy boʻlib qolmaydi. Bu kunda podshohlik kimniki?! Albatta, yolg‘iz boʻlgan – Vohid va hammadan g‘olib – Qahhor Zot Allohnikidir.
Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang!