Albatta, Qorun Muso payg‘ambarning qavmidan edi. Bas, u qavmlarga takabburlik qildi. Biz unga kalitlarini koʻtarib yurishda bir guruh baquvvat odamlarga ham og‘irlik qiladigan xazinalarni bergan edik. Oʻshanda qavmi unga: “Juda hovliqib ketma, albatta, Alloh hovliqqan kimsalarni sevmaydi”, – dedi.

