Alloh Odamni yaratgach, unga barcha narsa nomlarini va xususiyatlarini oʻrgatdi. Soʻngra u narsalarni farishtalarga koʻrsatib: “Modomiki, rostgoʻy boʻlsangiz, qani, mana bu narsalarning ismlari va xususiyatlarini menga aytib beringlar-chi?” – dedi.
Siz qidirgan آدَم masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 25 ta oyat mavjud.
Odamga, Odam, Odamni, Odamning
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Alloh Odamni yaratgach, unga barcha narsa nomlarini va xususiyatlarini oʻrgatdi. Soʻngra u narsalarni farishtalarga koʻrsatib: “Modomiki, rostgoʻy boʻlsangiz, qani, mana bu narsalarning ismlari va xususiyatlarini menga aytib beringlar-chi?” – dedi.
Shundan keyin Alloh: “Ey Odam, qani, farishtalarga u narsalarning nomlarini birma-bir aytib ber-chi!” – dedi. Odam farishtalarga ularning ismlari haqida xabar bergach, Alloh farishtalarga qarata: “Albatta, Men osmonlaru Yerning barcha sir-asrorini bilaman hamda sizlar oshkora qilgan va ichingizda yashirgan narsalaringizni ham bilaman, demaganmidim?” – dedi.
Ey Muhammad, Biz farishtalarga qarata: “Odamga sajda qilinglar”, – deganimizda farishtalar darhol sajda qilganlarini eslang. Faqat iblis sajda qilmay bosh tortib, takabburlik qildi va kofirlardan boʻldi.
Shundan keyin: “Ey Odam, endi sen va jufting Havvo bilan jannatga joylashinglar va u neʼmatlardan xohlagan joyingizdan bemalol tanovul qilaveringlar. Faqat mana bu daraxtga yaqinlasha koʻrmang va uning mevasidan yeb qoʻymanglar, aks holda, nafsingizga zulm qilganlardan boʻlib qolasizlar”, – dedik.
Shundan soʻng, Odam Robbidan tavba va itoatga doir soʻzlarni va buyruqlarni qabul qilib oldi. Alloh esa uni kechirdi. Darhaqiqat, U tavbalarni qabul qiluvchi – Tavvob va bandalariga marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
Haqiqatan, Alloh Odamni, Nuhni hamda Ibrohim payg‘ambarlarni va Imronning oilasini olamlar uzra tanlab oldi.
Darhaqiqat, Isoning otasiz dunyoga kelishi misoli, Alloh nazdida xuddi Odam Atoniki kabidir. Alloh uni tuproqdan yaratib, keyin unga “boʻl”, – dedi, tamom u boʻldi.
Ey Muhammad, Ularga Odamning ikki oʻg‘li boʻlgan Qobil va Hobil toʻg‘risidagi xabarni haqiqati bilan tilovat qilib bering. Oʻshanda ikkalasi Alloh uchun qurbonlik qildilar. Ulardan birining qurbonligi qabul qilindi, boshqasiniki esa qabul qilinmadi. Qurbonligi qabul qilinmagani hasad qilib: “Seni, albatta, oʻldiraman”, – dedi. Qurbonligi qabul qilingani esa: “Shubhasiz, Alloh taqvodor kimsalardan qurbonlikni qabul qiladi”, – deb aytdi.
Albatta, biz sizlarni yoʻqdan bor qilib yaratdik keyin mukammal shaklda surat berdik. Soʻngra farishtalarga qarata: “Odamga sajda qilinglar”, – dedik. Hammasi sajda qildilar, faqat iblis kibrlanib sajda qiluvchilardan boʻlmadi.
Ey Odam, endi sen va jufting Havvo jannatga joylashinglar va u neʼmatlardan xohlagan joyingizdan bemalol tanovul qilaveringlar. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashib, undan yeb qoʻymanglar, aks holda, nafsingizga zulm qilganlardan boʻlib qolasizlar.
Ey Odam bolalari, sizlarga ham uyat yerlaringizni berkitadigan libos va chiroyli koʻrinish uchun kiyadigan ziynat kiyimini tushirdik. Biroq eng yaxshi libos bu taqvo libosidir. Bular Allohning moʻʼjizalaridandir, shoyad, undan oʻgit olsangizlar.
Ey Odam bolalari, shayton ota-onangizning avratlarini oʻzlariga koʻrsatib sharmanda qilish uchun ularning liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizlarni ham aldab, fitna qilmasin. Chunki u va uning tarafdorlari sizlar ularni koʻrmaydigan jihatdan koʻrib turadi. Biz shaytonlarni iymon keltirmagan kimsalar uchun doʻst qilib qoʻydik.
Ey Odam bolalari, har sajda qilinadigan makon va zamonda ziynatli liboslaringizni olinglar. Hamda yeb-ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmaydi.
Ey Odam bolalari! Agar oʻz orangizdan oyatlarimni sizlarga aytib beradigan payg‘ambarlar kelganda kimki Allohdan qoʻrqsa, oʻzini tuzatsa, ularga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Robbingiz Odam bolalarining pushtu kamari boʻlgan bellaridan zurriyotlarini chiqarib olib hamda oʻzlarini oʻzlariga guvoh qilib: “Men sizlarning Robbingiz emasmanmi?” – deganini eslang. Shunda ruhlar: “Ha, shunday, Robbimizsan, biz bunga shohid boʻldik”, – deb aytganlar. Bu guvohlik, qiyomat kunida “Bizlar bundan bexabar edik”, – deb aytmasligingiz uchundir.
Vaqtiki, Biz farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar”, – dedik. Keyin barchalari sajda qildilar. Faqat iblis kibrlanib sajda qilmadi va: “Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?” – dedi.
Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda ulov va kemalarga mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp maxluqotlardan afzal qilib qoʻydik.
Vaqtiki, farishtalarga Odamga sajda qiling, – deyishimiz bilan barchalari sajda qildilar. Faqat iblis sajda qilmadi. U jinlardan edi. Bas, iblis Robbisining amridan tashqariga chiqdi. Ey Odam bolalari, Meni qoʻyib, u iblisni va zurriyotlarini doʻst qilib olasizlarmi?! Axir ular sizlarga dushman-ku! Allohni qoʻyib va shaytonni doʻst tutish zolimlar uchun qanday yomon almashishdir.
Aynan oʻshalar Odam Ato zurriyotidan, Biz Nuh payg‘ambar bilan birga kemada koʻtargan va toʻfon balosidan najot bergan kishilardan, Ibrohim zurriyotidan, Isroil va Biz hidoyat qilgan va tanlab olgan kishilardan boʻlmish Alloh inʼom etgan payg‘ambarlardir. Qachonki ularga Rahmonning oyatlari tilovat qilinsa, sajda qilgan va yig‘lagan hollarida yiqiladilar.
Darhaqiqat, Biz oldin Odam bilan jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida ahdlashgan edik. U esa ahdni unutdi va Biz unda azmu qaror koʻrmadik.