U taqvodor kimsalar yengil va og‘ir kunlarda ham xayru ehson qilib, nafaqa qiladiganlar, g‘azabini ichga yutadiganlar va odamlarning kamchiliklarini kechiruvchilardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi.
Siz qidirgan ك ظ م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 6 ta oyat mavjud.
yutqinadilar, yutqinardi, ichi g'azabdan to'ladi, yutqinib turadilar, g'azobidan yutqinib turadi, qiyinchlikdan yutqinib
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
U taqvodor kimsalar yengil va og‘ir kunlarda ham xayru ehson qilib, nafaqa qiladiganlar, g‘azabini ichga yutadiganlar va odamlarning kamchiliklarini kechiruvchilardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi.
Yaʼqub ulardan yuz oʻgirib: “Eh, esizgina Yusuf!” – dedi. G‘am-g‘ussadan uning koʻzlari oqarib ojiz boʻlib qoldi bas, u dardini ichiga yutuvchi boʻldi.
Qachonki, ulardan birlariga qiz koʻrgani bilan xushxabar berilsa, uning g‘azabi kelib, yuzlari qorayib ketadi.
Ey Muhammad, ularni yaqinlashuvchi qiyomat kunidan ogohlantiring. Oʻshanda ularning yuraklari halqumlariga tiqilib, g‘amlarini yutib turadilar. U kunda zolimlar uchun doʻst ham amriga itoat qilinadigan shafoatchi ham boʻlmaydi.
Qachonki, ularning birortasiga Rahmonga misol qilib aytgan qiz tug‘ilgani haqidagi xushxabar berilsa, g‘azabga toʻlib, yuzi qorayib ketadi.
Bas, ey Muhammad, Robbingizning hukmiga sabr qiling va nahang balig‘i sohibi Yunus payg‘ambar singari besabr boʻlmang! Qaysiki, u baliq qornida turib g‘amga toʻlgan holda Robbisiga nido qilgan edi.