Balki, siz g‘or va ularning qissalari yozilgan bitik egalari haqidagi rivoyatdan xabardor boʻlgach, bu Bizning oxirat rost ekanligi toʻg‘risidagi oyatlarimizning eng ajoyibi, – deb oʻylagandirsiz?
Siz qidirgan ك ه ف masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 6 ta oyat mavjud.
Kahf, g'orga, g'orda, g'orlaridan, g'orlarida
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Balki, siz g‘or va ularning qissalari yozilgan bitik egalari haqidagi rivoyatdan xabardor boʻlgach, bu Bizning oxirat rost ekanligi toʻg‘risidagi oyatlarimizning eng ajoyibi, – deb oʻylagandirsiz?
Qachonki, yigitlar g‘orga panoh istab borib: “Ey Robbimiz, bizlarga Oʻz huzuringdan rahmat ato etgin va maqsadimizga erishishimiz uchun bu ishimizni bizlarga oson qilgin”, – dedilar.
Bas, Biz ularni oʻsha g‘orda “quloqlariga urib” uzoq yillar davom etadigan uyquga ketkazib qoʻydik.
Ularga: “Modomiki mushriklardan va Allohdan boshqaga sig‘inayotgan narsalaridan uzoqlashmoqchi ekansizlar, unda g‘orga qochib, panoh izlanglar. Shunda Robbingiz sizlarga Oʻz rahmatini yoyadi va sizga ishingizda osonlik yaratadi”, – deb aytildi.
Yigitlar uxlab yotganlarida quyosh chiqishda ularning uyqulariga aziyat bermaslik uchun g‘orlarining oʻng tarafidan oʻtib ketganini, botishda esa ularning chap tomoni boʻylab yiroqlashib ketganini va ular esa hamon uning keng joyida yotganlarini koʻrasiz. Bu ham Allohning moʻʼjizalaridan biridir. Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, u hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, bas, unga toʻg‘ri yoʻl koʻrsatuvchi va na bir doʻst topa olmaysiz.
Yigitlar g‘orlarida uch yuz yil uyquda qoldilar. Ayrimlar unga yana toʻqqiz yilni ziyoda qildilar.