Vaqtiki tun uni qoplaganda bir yulduzni koʻrib: “Balki, mana shu mening Robbimdir”, – dedi. Yulduz botib ketgach, u: “Men botib ketuvchilarni sevmayman”, – dedi.
Siz qidirgan ك و ك ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
bir yulduz, yulduz, yulduzlar bilan, yulduzlar
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Vaqtiki tun uni qoplaganda bir yulduzni koʻrib: “Balki, mana shu mening Robbimdir”, – dedi. Yulduz botib ketgach, u: “Men botib ketuvchilarni sevmayman”, – dedi.
Ey Rasulim, “Yusuf oʻz otasi Yaʼqub payg‘ambarga: “Ey otajon, men tushimda oʻn bitta yulduz, quyosh va oyning menga sajda qilayotgan hollarida koʻrdim”, – deb aytganini eslang.
Alloh osmonlar va Yerning nuridir. Uning borliqda aks etgan nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq esa bir shisha ichida, u shisha goʻyo bir durdan boʻlgan yulduzga oʻxshaydi. U chiroq sharqiy ham g‘arbiy ham boʻlmagan koinotning qoq markazidagi muborak zaytun daraxtining yog‘idan yoqiladi. Uning yog‘i musaffo boʻlganidan, garchi unga olov tegmasa ham atrofni yoritib yuborgudek boʻladi. Agar olov tegib ketsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qiladi. Alloh odamlar ibrat olishi uchun mana shunday misollarni keltiradi. Alloh barcha narsani bilib turuvchidir.
Darhaqiqat, Biz dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatlab qoʻydik.
Yulduzlar har tarafga sochilganida