Ey aql egalari, sizlar uchun qasos olish hukmida hayotni saqlab qolish bordir. Shoyad, bu hukm sababli qotillik qilishdan qoʻrqsangizlar.
Siz qidirgan ل ب ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 16 ta oyat mavjud.
aql, idrok
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey aql egalari, sizlar uchun qasos olish hukmida hayotni saqlab qolish bordir. Shoyad, bu hukm sababli qotillik qilishdan qoʻrqsangizlar.
Haj maʼlum oylarda ado etiladi. Kim u oylarda hajni niyat qilib uni oʻziga farz qilsa, haj ibodatida ayoliga yaqinlik qilish, fisq-fujur ishlar va janjal-toʻpolon qilishi mumkin emas. Yaxshilik turidan nimaiki qilsangiz, Alloh uni biladi. Ey moʻminlar, oxirat hayoti uchun ozuqa g‘amlanglar. Shubhasiz, ozuqaning eng yaxshisi – bu taqvodir. Ey aql egalari, faqatgina Mendan qoʻrqinglar.
Alloh Oʻzi xohlagan kishisiga hikmat ato etadi. Kimga hikmat ato etilgan boʻlsa, darhaqiqat, unga koʻp yaxshilik berilibdi. Bundan, faqat aql egalarigina eslatma va ibrat oladilar.
Ey Rasulim, U sizga Qurʼon kitobni tushirgan Zotdir. U Qurʼonda bir qismi kitobning onasi, yaʼni asli hisoblangan ochiq-oydin muhkam oyatlar va yana maʼnosi, faqat Allohga maʼlum hamda tushunish qiyin boʻlgan boshqa mutashobih oyatlar ham bordir. Lekin qalblarida haqdan og‘ishga moyil boʻlgan kimsalar fitna chiqarish va oʻzlaricha maʼno berib, taʼvil qilish maqsadida undagi mutashobih oyatlarni ushlab olib ergashadilar. Vaholanki, asl taʼvilini Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi. Ilmda kuchli boʻlgan kimsalar esa: “Biz unga iymon keltirdik va u oyatlarning barchasi Allohning huzuridandir”, – deydilar. Bulardan, faqat aql egalari oʻgit oladilar.
Shubhasiz, osmonlaru Yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashib turishida aql egalari uchun ochiq alomatlar bordir.
Ey Rasulim, ularga: “Agar nopok narsalarning koʻpligi seni hayron qoldirsa ham, iflos va pokiza narsalar barobar boʻlmaydi”, – deb ayting. Ey aql egalari, Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangizlar.
Darhaqiqat, ularning oʻtmish qissalarida aql egalari uchun katta ibrat bor edi. Ushbu Qurʼon toʻqib chiqariladigan soʻz emas, balki oʻzidan oldingi samoviy kitoblarni tasdiqlovchi va unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni batafsil bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat manbai boʻlgan ilohiy kitobdir.
Ey Muhammad, sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaning, shubhasiz, haq ekanini biladigan kimsa qalb koʻzi koʻr odam kabi boʻladimi? Undan faqatgina, aql egalari eslatma oladi.
Ey odamlar, Alloh tarafidan nozil qilingan bu Qurʼon insoniyatga u bilan ogohlantirilishlari va U yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir yetkazishdir.
Ey Muhammad, ushbu Qurʼon oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan muborak kitobdir.
Biz Oʻz tomonimizdan marhamat qilib hamda aql egalariga eslatma boʻlishi uchun, Ayyubga ahli oilasini va ular bilan birga yana oʻshalarning barobaricha farzand ato qildik.
Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qoʻrqadigan va Robbisining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi kofir holda yashagan kimsa bilan barobar boʻladimi?! Ey Rasulim ularga: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻladimi?!” – deb ayting. Albatta, bulardan faqat aql egalari eslatma oladilar.
Ular gapni tinglab, soʻng uning eng goʻzaliga ergashadilar. Aynan oʻshalar Alloh hidoyat qilgan kimsalardir va aynan oʻshalar aql egalaridir.
Alloh osmondan suv yog‘dirib, uni yerda chashmalar qilib oqizib qoʻyganini koʻrmadingizmi? Soʻngra u suvning vositasida turli ekinlarni chiqaradi, vaqti kelib keyin u quriydi, soʻng siz uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Alloh soʻngra uni quruq choʻpga aylantiradi. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratli eslatma bordir.
Aql egalari uchun hidoyat va eslatma boʻlgan Tavrot kitobini bergan edik.
Alloh ularga oxiratda ham qattiq azobni tayyorlab qoʻygan. Bas, ey iymon keltirgan aql egalari, Allohdan qoʻrqinglar. Haqiqatan, Alloh sizlarga eslatma boʻlib kelgan Qurʼonni nozil qildi.