Bu dunyoning hayoti oʻyin-kulgu va behuda ishlardan iboratdir. Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun esa oxirat diyori yaxshiroqdir. Aql ishlatsangiz, boʻlmaydimi?!
Siz qidirgan ل ه و masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 16 ta oyat mavjud.
va o'yin-kulgidan, va o'yin-kulgi, bir o'yin-kulgi, va ularni mashg'ul qilsin, o'yin-kulgidadir, o'zlarini to'xtatmaydi, o'yin-kulgidan, bo'sh, va o'yin-kulgidir, o'yin-kulgi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Bu dunyoning hayoti oʻyin-kulgu va behuda ishlardan iboratdir. Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun esa oxirat diyori yaxshiroqdir. Aql ishlatsangiz, boʻlmaydimi?!
Ey Rasulim, oʻtkinchi dunyo hayoti ularni aldab qoʻyib, dinlarini oʻyin-kulgu va bekorchi narsa qilib olganlarni tark qiling. Har bir nafs qilgan yomon ishlari sababli halokatga uchramasliklari uchun bu Qurʼon bilan eslatib, nasihat qiling. Unga qiyomat kunida Allohdan oʻzga biror doʻst ham, shafoatchi ham boʻlmaydi. Agar bor narsani fido qilib bersa ham, undan qabul qilinmaydi. Ana oʻshalar qilgan ishlari tufayli halokatga uchragandirlar. Kufr keltirganlari uchun ularga doʻzaxda qaynoq suv va alamli azob beriladi.
Ular dinlarini bekorchi narsa va oʻyin-kulgu qilib olgan hamda ularni oʻtkinchi dunyo hayoti aldab qoʻygan kimsalardir. Demak, bugun ular bu kunga roʻbaroʻ kelishni unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlari uchun biz ham ularni unutamiz.
Ey Rasulim, ularni oʻz holiga qoʻyib bering, hozirchalik yeb-ichib qolsinlar, oʻtkinchi dunyo matohlaridan foydalansinlar va orzular ularni chalg‘itaversin. Bas, yaqinda qilmishlarining oqibatini bilib oladilar.
Ularning qalblari esa g‘ofildir. Zolimlar: “Axir bu Muhammad oʻzingizga oʻxshagan bir odam-ku! Koʻrib turib, aldanish uchun bu sehrga quloq tutib kelaverasizlarmi?!” – deya pinhona pichirlashadilar.
Iymonu, koʻngilxushlik qilishni xohlaganimizda edi, Biz uni Oʻz tomonimizdan qilgan boʻlar edik.
Shunday kishilar borki, ularni tijorat ham savdo-sotiq ishlari ham Allohning zikridan, namozni toʻliq ado qilishdan va zakot berishdan chalg‘ita olmaydi. Ular yuraklar va koʻzlar u yerda iztirobga tushib qoladigan qiyomat kunidan qoʻrqadilar.
Bu dunyo hayoti faqat behuda oʻyin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar edi, haqiqiy hayot bu – oxirat diyoridir.
Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan boshqalarni Alloh yoʻlidan adashtirish uchun va u yoʻlni masxara qilish uchun bekorchi gaplarni sotib oladilar. Ana ular uchun oxiratda xor qiluvchi azob bordir.
Haqiqatan, bu dunyo hayoti faqat bir onlik oʻyin-kulgu va koʻngilxushlikdir. Agar sizlar iymon keltirsangizlar va Allohdan qoʻrqsangizlar, U mukofotlaringizni toʻliq qilib beradi va sizlardan mol-dunyolaringizni soʻramaydi.
Ey insonlar, bilinglarki, bu dunyo hayoti faqat oʻyin, behudalik, ziynat, oʻzaro faxrlanish va mol-dunyo hamda farzandlarni koʻpaytirishdan iboratdir. U bamisoli bir yomg‘irki, uning sababidan unib chiqqan giyoh kofirlarni taajjubga soladi. Soʻngra u qurigach, uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Soʻngra u xas-choʻpga aylanib qoladi. Oxiratda esa kim uchundir qattiq azob, kim uchundir Alloh tomonidan mag‘firat va rizolik bordir. Dunyo hayoti faqat aldov matosidir.
Qachonki, ular biror tijoratni yoki oʻyin-kulgini koʻrib qolsalar, oʻshanga qarab tarqalib ketdilar va sizni minbarda tik turgan holingizda tark qildilar. Ey Rasulim ularga: “Alloh huzuridagi narsa oʻyin-kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir. Alloh rizq beruvchilarning yaxshirog‘idir”, – deb ayting.
Qachonki, ular biror tijoratni yoki oʻyin-kulgini koʻrib qolsalar, oʻshanga qarab tarqalib ketdilar va sizni minbarda tik turgan holingizda tark qildilar. Ey Rasulim ularga: “Alloh huzuridagi narsa oʻyin-kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir. Alloh rizq beruvchilarning yaxshirog‘idir”, – deb ayting.
Ey moʻminlar, mol-dunyolaringiz ham farzandlaringiz ham sizlarni Allohning zikridan va Unga ibodat qilishdan chalg‘itib qoʻymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana oʻshalar ziyon koʻruvchi kimsalardir.
Bas, siz undan chalg‘imoqdasiz.
Ey insonlar, sizlarni mol-dunyo koʻpaytirish Allohga ibodat qilishdan mashg‘ul qildi.