لَوْ خَرَجُوا فِيكُمْ مَا زَادُوكُمْ إِلَّا خَبَالًا وَلَأَوْضَعُوا خِلَالَكُمْ يَبْغُونَكُمُ الْفِتْنَةَ وَفِيكُمْ سَمَّاعُونَ لَهُمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِالظَّالِمِينَ
Agar ular sizlarning ichingizda jangga chiqqan taqdirlarida ham, sizlarga faqat buzg‘unchilikni ziyoda qilar, sizlarni fitnaga duchor qilib, oralaringizga rahna solgan boʻlardilar. Shuningdek, ichingizda ularga quloq soladiganlar ham bor. Alloh zolim kimsalarning holatini biluvchi Zotdir.

