وَمَثَلُ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمُ ابْتِغَاءَ مَرْضَاتِ اللَّهِ وَتَثْبِيتًا مِنْ أَنْفُسِهِمْ كَمَثَلِ جَنَّةٍ بِرَبْوَةٍ أَصَابَهَا وَابِلٌ فَآتَتْ أُكُلَهَا ضِعْفَيْنِ فَإِنْ لَمْ يُصِبْهَا وَابِلٌ فَطَلٌّ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Mol-dunyolarini Allohning roziligini istab, qalblaridagi iymonni yanada mustahkamlash uchun xayru ehson qiladiganlarning misoli xuddi tepalikdagi bir bog‘ kabidir. Agarda boqqa sharros yomg‘ir quysa, hosilini ikki barobar beradi. Bordi-yu kuchli yomg‘ir yog‘may, biroz shivillab yoqqan yomg‘ir boʻlsa ham, oʻziga yarasha hosil boʻlaveradi. Alloh har bir qilayotgan ishlaringizni koʻrib turuvchidir.

