Havoriylar: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, Robbing bizga samodan bir dasturxon tushira olishga qodirmi?” – deb soʻraganlar. Iso ularga qarata: “Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangizlar, Allohdan qoʻrqinglar”, – deb javob bergan.
Siz qidirgan م ي د masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
bir dasturxon, tebranmassin, tebratadi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Havoriylar: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, Robbing bizga samodan bir dasturxon tushira olishga qodirmi?” – deb soʻraganlar. Iso ularga qarata: “Agar haqiqiy moʻmin boʻlsangizlar, Allohdan qoʻrqinglar”, – deb javob bergan.
Shunda Maryam oʻg‘li Iso: “Ey Robbimiz boʻlgan Allohim, bizlarga osmondan bir dasturxon tushirginki, u avvalgi va oxirgilarimiz uchun bizlarga bir bayram va sendan bir moʻʼjiza boʻlib qolsin. Hamda bizlarni undan rizqlantirgin. Sen eng yaxshi rizq beruvchidirsan”, – dedi.
Yana U, sizlarni silkitib yubormasligi uchun Yerda ulkan tog‘larni barpo qildi. Ekin-tikin va ichishingiz uchun daryolarni oqizib qoʻydi va koʻzlagan manzillaringizga borishda adashmasligingiz uchun yoʻllarni ham paydo qildi.
Yer kurrasidagi mavjudotlarni tebratib yubormasligi uchun unda ulkan tog‘larni yaratdik. Hamda u yerda odamlar manzillariga toʻg‘ri borishlari uchun keng yoʻllarni paydo qildik.
Alloh siz uni koʻrib turgan osmonlarni ustunsiz yaratdi. Sizlarni tebratib yubormasligi uchun yerda mustahkam tog‘larni barpo qildi va unda har turli jonzotlarni tarqatib qoʻydi. Hamda Biz osmondan suv yog‘dirib, yerda turli foydali oʻsimliklarni undirib qoʻydik.