Ey moʻminlar, shirk keltirgan mushrika ayollarni to iymon kelturmagunlaricha nikohingizga olmanglar. Bilib qoʻyinglar, iymon keltirgan bir choʻri qiz, sizlar yoqtirgan hur, mushrika ayoldan koʻra yaxshiroqdir. Shuningdek, to iymon kelturmagunlaricha shirk keltirgan, hur mushrik kishiga qizlaringizni nikohlab bermanglar. Iymonli bir erkak qul, sizlarga yoqqan oʻsha ozod, mushrik erkakdan koʻra yaxshiroqdir. U mushriklar sizlarni doʻzaxga daʼvat qiladilar. Alloh taolo esa sizlarni Oʻz izni irodasi bilan jannatga va mag‘firatga daʼvat qiladi. Hamda insonlarga shoyad, bulardan eslatma oladilar deb, Oʻz oyatlarini bayon qilib boradi.

