وَلَمَّا جَاءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا شُعَيْبًا وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِنَّا وَأَخَذَتِ الَّذِينَ ظَلَمُوا الصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا فِي دِيَارِهِمْ جَاثِمِينَ
Vaqtiki, amrimiz boʻlgan azob vaqti kelganda, Shuʼaybga va u bilan birga iymon keltirgan kimsalarga huzurimizdan boʻlgan rahmat tufayli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, shiddatli qichqiriq tutdi. Bas, ular uylarida murdaga aylanib, tiz choʻkib qoldilar.

