أَهُمْ يَقْسِمُونَ رَحْمَتَ رَبِّكَ ۚ نَحْنُ قَسَمْنَا بَيْنَهُمْ مَعِيشَتَهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۚ وَرَفَعْنَا بَعْضَهُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَاتٍ لِيَتَّخِذَ بَعْضُهُمْ بَعْضًا سُخْرِيًّا ۗ وَرَحْمَتُ رَبِّكَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ
Ey Muhammad, Robbingizning rahmati boʻlgan payg‘ambarlikni ular taqsim qiladilarmi?! Dunyo hayotida ularning oralarida maishatlarini Biz taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻydik. Robbingizning rahmati esa ular yig‘ib boradigan boyliklaridan yaxshiroqdir.

