Hamda men, albatta, sizlarning foydangizga nasihat qiluvchilardanman deb, u ikkoviga qasam ichdi.
Siz qidirgan ن ص ح masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 13 ta oyat mavjud.
nasihat beruvchilardanman, va nasihat beramanman, bir nasihatguy, va nasihat berdim, nasihat beruvchilarni, samimiy muomala qilganlari, nasihatim, nasihat berish, nasihat beruvchilarmiz, nasihat beradi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Hamda men, albatta, sizlarning foydangizga nasihat qiluvchilardanman deb, u ikkoviga qasam ichdi.
Sizlarga Robbimning yuborgan buyruqlarini yetkazaman va sizlarga nasihat qilaman. Hamda men Alloh tarafidan sizlar bilmaydigan narsalarni bilaman.
Sizlarga Robbimning yuborgan buyruqlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgoʻyman.
Solih payg‘ambar ulardan yuz oʻgirib: “Ey qavmim, haqiqatan, men Robbimning sizlarga yuborilgan amrlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim, biroq sizlar nasihat qiluvchilarni sevmaysizlar”, – dedi.
Solih payg‘ambar ulardan yuz oʻgirib: “Ey qavmim, haqiqatan, men Robbimning sizlarga yuborilgan amrlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim, biroq sizlar nasihat qiluvchilarni sevmaysizlar”, – dedi.
Shuʼayb payg‘ambar ulardan yuz oʻgirib: “Ey qavmim, haqiqatan, men Robbimning sizlarga yuborilgan amrlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim. Axir qanday qilib kofir qavmlarga achinaman”, – dedi.
Keksalik yoki nogironlik kabi sabablarga koʻra tanasi zaif boʻlganlar, urushga bora olmaydigan kasallar va jangovar asbob-uskunalar uchun sarf-xarajat qila olmaydigan kambag‘allarga urushda qatnashmaganliklari uchun javobgarlik yoʻq. Toki ular oʻzlarining boshqa vazifa va masʼuliyatlarini oqsatmay, Alloh va Rasuliga ixlosli boʻlsalar, boʻlgani. Yaxshilik qiluvchilarni ayblashga hech qanday yoʻl yoʻq. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agar Alloh sizlarni yoʻldan ozdirishni xohlasa, men nasihat qilishni istagan boʻlsam ham nasihatim sizlarga foyda bermaydi. U, albatta, sizning Robbingizdir va Uning huzuriga qaytarilasiz.
Agar Alloh sizlarni yoʻldan ozdirishni xohlasa, men nasihat qilishni istagan boʻlsam ham nasihatim sizlarga foyda bermaydi. U, albatta, sizning Robbingizdir va Uning huzuriga qaytarilasiz.
Ular shunday qarorga kelganlaridan soʻng otalariga: “Ey otamiz, nima uchun sen Yusufni bizga ishonmaysan? Axir, albatta, biz uni xolis yaxshi koʻruvchilarmiz-ku!” – dedilar.
Biz bundan oldin unga barcha emizuvchi ayollarni taqiqladik Muso hech bir ayolni emmadi. Shunda uning opasi kelib: “Men sizlarga unga kafil boʻlib emizadigan va unga nasihatgoʻy boʻluvchi bir oilani dalolat qilaymi?” – deb aytdi.
Shahar chekkasidan bir kishi shoshgancha kelib: “Ey Muso, firʼavnning zodagonlari seni oʻldirish uchun til biriktiryaptilar. Bas, bu shahardan chiqib ketgin. Albatta, men senga nasihatgoʻy kishilardanman”, – dedi.
Ey iymon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Robbingiz yomonliklaringizni oʻchirib, sizlarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritsa! U kunda Alloh payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirganlarni sharmanda qilmaydi. Ularning nurlari oldilarida va oʻng tomonlarida yuradi. Ular: “Ey Robbimiz, Oʻzing bizlarga nurimizni batamom qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan”, – deydilar.