قُلْ أُوحِيَ إِلَيَّ أَنَّهُ اسْتَمَعَ نَفَرٌ مِنَ الْجِنِّ فَقَالُوا إِنَّا سَمِعْنَا قُرْآنًا عَجَبًا
Ey Muhammad: “Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir necha nafari Qurʼon tilovat qilganimni eshitib, oʻz qavmlariga borib, “Darhaqiqat, bizlar ajoyib bir Qurʼonni eshitdik”, deganlarini ayting.

