Ey Muhammad, ularga: “Kim Allohning farishtasi Jabroilga dushman boʻlsa, u Allohga ham dushmandir”, – deb ayting. Albatta, shuni bilib olsinlarki, u Jabroil oʻzidan avvalgi kelgan kitoblarni tasdiqlovchi, shuningdek, moʻminlarga hidoyat manbai va xushxabar boʻlgan Qurʼonni Allohning izni bilan qalbingizga nozil qilgandir.

